One Plus 3 boshqa ishlab chiqarilmasligi mumkin

One Plus 3 boshqa ishlab chiqarilmasligi mumkin

Sarlavhani o‘qib yana batareya bilan bog‘liq muammo bo‘lsa kerak, degan xayolga borgan bo‘lishingiz mumkin. Yo‘q, aslida unday emas. Bag‘oyat kuchli texnik parametrlarga ega arzon smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xitoyning OnePlus kompaniyasi boshqa sabab tufayli o‘zining uchinchi avloddagi smartfonini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi.

Gap shundaki, OnePlus 3 modeliga shu darajada ko‘p buyurtma berilganki, kompaniya talab qilingan miqdordagi smartfonlarni ishlab chiqarishga ulgurmayapti. Shuningdek, modelga o‘rnatiladigan AMOLED ekranlarni yetkazib berish bilan aloqador muammo ham mavjud.  Bu to‘g‘rida Phonearena nashri shunday xabar tarqatgan. OnePlus uchinchi avloddagi flagman smartfonning tayyorlanishini bekor qilib, uning o‘rniga xuddi shunday parametrlarga ega LCD displeyli yangi modelni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Hozircha yangi modelga OnePlus 3 Plus nomi berilishi taxmin qilinmoqda.

Yangi flagmanga bir muncha ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821 protsessori o‘rnatiladi. Hozircha uning qachon taqdim etilishi va narxi borasida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq taqdimot odatdagidan avvalroq o‘tkazilishi mumkin.

OnePlus 3 to‘g‘risida batafsil quyidagi tavsifda tanishib chiqing.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.