One X9 – HTC`ning bayram sovg‘asi

One X9 – HTC`ning bayram sovg‘asi

HTC kompaniyasi o‘z sodiq muxlislari uchun yangi yil sovg‘asini tayyorladi. Odatda, kompaniyalar yil oxirida yangi mahsulot chiqarmaydi. Borini (qolgan-qutganini) chegirma va turli aksiyalar yo‘li bilan sotib tugatishga harakat qilishadi.

Weibo tizerining rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, 24 dekabr kuni NTS yangi modelini namoyish etadi. Mish-mishlarga ko‘ra, One X9 smartfoni 2,2-GGs 8 yadroli MediaTek MT6795 protsessori, 5,5 dyuym Full HD-ekran, 2 GB tezkor xotira qurilmasi, 16 GB ichki xotira, optik barqarorlashtira oladigan 13-Mp kamera va 3000 mAs quvvatga ega batareya bilan ta’minlangan.

E’tiborlisi, One X9 smartfoni One A9dan farqli o‘laroq, Android 5.0.2 Lollipop boshqaruvi ostida ishlaydi(One A9 da Android 6.0 Marshmallow). Gap-so‘zlarga qaraganda, Tayvanda makur yangi devays $366 bahosida savdolarga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!