OnePlus 3 – galaksi va ayfonlarning xitoylik “kushandasi”

OnePlus 3 – galaksi va ayfonlarning xitoylik “kushandasi”

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan OnePlus kompaniyasining navbatdagi flagmaniga bo‘lgan qiziqish har doimgidan ham yuqori. Yuqori imkoniyat va hamyonbop narx-navo bois OnePlus smartfonlari o‘z muxlislariga ega.

Kompaniya so‘nggi 2 yilda taqdim qilgan OnePlus 1 hamda OnePlus 2 flagmanlari o‘ziga xos jihatlari bilan foydalanuvchilari diqqatini torta oldi. May oyida namoyish qilinishi mumkin bo‘lgan OnePlus 3 esa zamonamizning kuchli gadjetlari bilan raqobatga kirisha oladigan smartfon bo‘lishi kutilmoqda.

Uning AnTuTu elektron qurilmalar imkoniyatini baholash dasturida hamda MyDrivers nashrida e’lon qilingan jihatlarini sizga bayon qilmoqchimiz.

OnePlus 3:

  • Snapdragon 820protsessori;
  • Adreno 530 grafik-tasvir protsessori;
  • 4 Gb operativ xotira;
  • 32 Gb doimiy xotira;
  • 5.5 dyuymli AMOLED displey, u FullHD formatida bo‘lib, piksel sig‘imi 1920×1080, har dyuymda 401 piksel;
  • Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimining moslashtirilgan talqini;
  • 16 Mp bosh kamera hamda 8 Mp old kamera;
  • 3000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega, tezkor quvvat oluvchi akkumulyator;
  • Smartfon narxi $355 dollarga baholanishi kutilmoqda. Uning maxsus talqini 385 AQSh dollarigacha baholanishi mumkin.

OnePlus 3 smartfoni metall korpusga ega bo‘ladi.

Kompaniya rahbari Karl Peyn ham shu yilning fevral oyida ommaviy axborot vositalarida qilgan chiqishlaridan birida navbatdagi flagmanning 2 chorakda taqdim qilinishi va u o‘zining dizayni hamda imkoniyatlari bilan “smartfonlar kushandasi” bo‘lishini ma’lum qilgan edi.