OnePlus 3’ning kamerasida olingan suratlar sifati hayratga sabab bo‘ldi

OnePlus 3’ning kamerasida olingan suratlar sifati hayratga sabab bo‘ldi

OnePlus kompaniyasi rahbari  Pit Lau ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali kompaniyaning yaqin kunlar ichida taqdim etiladigan so‘nggi – OnePlus 3 smartfonining kamerasida olingan ilk suratlarni o‘rtoqlashdi.

14 iyun kuni taqdim etilishi kutilayotgan “aqlli telefon”ning sifatli va aniq-tiniq olgan suratlari ko‘pchilikning muhokamasi va ijobiy taassurotiga sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha suratlari Pit Launing o‘zi tomonidan tushirilgan va OnePlus 3’da 16 MP bosh hamda 8 MP old kamera bo‘lishidan guvohlik berib turibdi.

Ommabop mobil aloqa vositalari bilan savdoda peshqadam bo‘lgan OnePlus kompaniyasi hozirga qadar smartfon bozoriga 2 ta gadjetni taqdim qilgan. Navbatdagi smartfon esa 14 iyun kuni namoyish qilinadi. Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida kompaniya rahbari “aqlli soat” ustida ham izlanishlar olib borilayotganini aytgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 dyuymli OnePlus 3 full-HD (1080×1920 piksel sig‘imli) displeyga, Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga, ikki talqindagi, ya’ni 4 GB va 6 GB tezkor xotiraga, 32/64/128 GB doimiy xotiraga, sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimining moslashtirilgan versiyasida faoliyat ko‘rsatadi.

Uning 32 GB talqini 308 AQSh dollari, 64 GB doimiy va 6 GB tezkor xotiraga ega talqini 385 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!