OnePlus 5: Mi 6’ning “kushanda”si diqqatni tortmoqda

OnePlus 5: Mi 6’ning “kushanda”si diqqatni tortmoqda

OnePlus 5 — har bir smartfoni katta shov-shuv bo‘lib kelgan OnePlus kompaniyasining navbatdagi texno-san’ati. Metall korpusli smartfonning qo‘sh sensorli bosh kamerasining ishlashi Xiaomi Mi 6’ning bosh kamerasi bilan bir xil bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, flagman smartfonda 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835 chipseti va 6/8 GB tezkor, 128/256 gigabaytli doimiy xotiraning o‘rnatilishi kutilmoqda. Uning old panelidagi Home bosh tugmasi barmoq izlarini skaner qiladi.
Quyidagi surat Xitoydagi Weibo tarmog‘ida kompaniya rahbari tomonidan an’anaviy #neversettle. ya’ni “hech qachon qotmas” heshtegi ostida e’lon qilingan.

Mobil telefonning yana bir o‘ziga jihati — 3600 mA soat elektr tokini sig‘dira oladigan akkumulyatoridir. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, Dash Charge tezkor texnologiyasi bilan ta’minlangan quvvat olish tizimining tezkorligi 3400 mA soatlik akkumulyatorga ega OnePlus 3T’dagi tizimdan 25 foizga tezkor ishlaydi. OnePlus 3T’ning batareyasi 30 daqiqada to‘lishini hisobga olsak, OnePlus 5 uzog‘i bilan 20 daqiqada “quvvat toshi”ni elektr tokiga to‘ldirib olsa kerak.

Xiaomi Mi6’dan so‘ng OnePlus 5 ham o‘zidagi an’anaviy 3,5 mm.li audio-tuynukdan voz kechgan navbatdagi xitoylik smartfon bo‘lishi mumkin.

Iyunda taqdim etiladigan OnePlus 5 gadjetining 5,5 dyuymli AMOLED‑paneli Quad HD (2560x1440 pikselli) sig‘imli bo‘ladi. U bozorga ayni paytda $439 dollardan sotilayotgan OnePlus 3T’dan qimmatroq narxga chiqariladi.