OnePlus 5: taqdimot kuni, jihatlari va narxi ma’lum!

OnePlus 5: taqdimot kuni, jihatlari va narxi ma’lum!

OnePlus kompaniyasi OnePlus 5 flagmanini taqdim etishga kirishib ketgan. Geekbench & GFXBench benchmarkida smartfonning 8 gigabaytli tezkor xotirali versiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu imtihonda yagona yadroda ishlash bo‘yicha 1955, ko‘p yadroda ishlash bo‘yicha flagman 6750 ball olgan. Eslatib o‘tamiz, yaqindagina xuddi shu resursda imtihon topshirgan Nokia 9 yagona yadroda ishlashda 2255 ballni, ko‘p yadroda ishlashda 7770 balnni qo‘lga kiritib, bu borada yetakchilardan bo‘lgan Galaxy S8’ni ortda qoldirgan.

OnePlus 5’ning suratlariga ko‘ra, yangi xitoylik iPhone 7 Plus dizaynida ishlangan va xuddi uning kabi bosh kamerasi ham qo‘sh modulli.

GFXBench resursiga ko‘ra, OnePlus 5 smartfoni 5.5 dyuymli Full HD (1920×1080 pikselli) sig‘imli, Optic AMOLED matritsali displeyga ega bo‘ladi. Unga 2.4 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 8 yadro va 64 bitli Snapdragon 835 protsessori, Adreno 540 videokartasi, 6/8 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfonda barmoq izlari skaneri, NFC moduli, 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatori mavjud.

Yangi gadjetning old kamerasi 16 megapikselli, orqa panelida ham 16 megapikselli qo‘sh sensorlar o‘rnatilgan. OnePlus 5 Android 7 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

OnePlus 5 kompaniyaning avvalgi flagmani — OnePlus 3T’dan qimmatroq bo‘ladi. 20 iyunda taqdim qilinadigan flagman 21 iyundan boshlab 515-590 AQSh dollaridan sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.