OnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

OnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Kecha AQSh ning Bruklin shahrida xitoylik OnePlus kompaniyasi OnePlus 5T flagmanini taqdim qildi. Smartfon yiriklashgan ekrani, yupqa romlari, ilg‘orlashgan kameralari, hamda OnePlus 5'niki kabi narxi bilan diqqatga sazovor.

Displey
OnePlus 5T'ning «ajdodi»dan farqi uning displeyi bo‘ldi. Bu displey yangi standart asosida ishlab chiqarilgan: tomonlar nisbati 18:9 va juda yupqa romlar bilan o‘rab olingan. Old panelning 80,5% qismi ekrandan iborat. Ekran matritsasi Optic AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan bo‘lib, uning piksellar sig‘imi — 2160x1080 belgiga teng. Displey diagonali turkumga xos an’anaviylik -- 5,5 dyuymdan 6.1 dyuymga kattalashgan. Biroq, yupqa romlar evaziga smartfon korpusining hajmi deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Ekran yonlaridagi romning yupqalashgani bois, barmoq izlari skaneri orqa panelga ko‘chirilgan. Sensor klavishlar ham tubdan o‘zgarib, endi ekranda dasturiy tugmalarga aylantirilgan. Barmoq izlari skanerining orqa panelda joylashuvi noqulaylik tug‘dirishini inobatga olib, OnePlus 5T'da gadjetni yuz-qiyofa orqali blokirovkadan chiqarish texnologiyasi joriy qilingan. U 90 foiz holatda aniq ishlaydi. Old panelda buning alohida kamera mavjud emas. Old kameraning o‘zi qiyofani tekshiruvdan o‘tkazishga mo‘ljallangan.


Korpus
Alyuminiy korupsga o‘rnashgan displeyning yangilangani va barmoq skanerining orqaga ko‘chgani hisobga olinmasa, smartfon dizayni saqlab qolingan. OnePlus'ning bu yildagi ikkinchi smartfoni orqa paneldan jilosiz-qora korpusdagi iPhone 7 Plus'ni eslatib yuborsa hayron qolmang. Ularning qo‘sh kamerasi ham, logotip joylashuvi hamda antenna uloqlari ham bir xil. Biroq, 3,5 mm.li qadrdon audio quloqchin tuynugi saqlab qolingan.

Kamera
OnePlus 5T kamerasi aniqligi jihatidan avvalgilari bilan bir xil, ya’ni 20 va 16 Mp sig‘imli (Sony IMX398 va IMX376K), biroq ikkinchi kamera ob’yektiviga nisbatan ilg‘or f/1,7 diafragmasi o‘rnatilgan. Demak, smartfon yorug‘lik kam sharoitda ham yaxshi suratga olishni uddalashi kerak. Shuningdek, old kamera pikseli ham oshgan — 16 Mp.

Kamera optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lmagan. Shu bilan birga, smartfon elektron barqarorlashtirgich yordamida 4K-sig‘imli videolar yoza oladi.

Kompaniya doimo fotokamera yaratishga e’tibor qilgan. OnePlus 5'ning bosh kamerasidagi ikkinchi modul optik yaqinlashtirishda ishlatilgan bo‘lsa ham, ob’yektni 1,4 karra yaqinlashtira olar edi. Shundan keyin ob’yektni yaqinlashtirish uchun dasturiy ta’minot suratni kesar edi. OnePlus 5T'da bu funksiyaning takomillashuvi kutilayotgan edi.

Akkumulyator Dash Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va 30 daqiqada bir kunga yetadigan quvvatni to‘play oladi. Buning uchun USB Type-C (USB 2.0) porti mavjud.

Ekspertlarning fikricha, smartfon korpusining changdan himoyalanmagani uning katta kamchiligi bo‘lishi mumkin. Qolaversa, qadoqdan olganda u Android 7.1.1 Nougat'ning Oxygen OS 4.7 tizimida ishlashi ham kompaniyaning dangasaligidan darak. Bugun ilg‘or gadjetlar Android 8.0 Oreo bilan taqdim qilinmoqda. Harqalay, flagman degan nomi bor.

Jihatlari
OnePlus 5T protsessori ham oldingi yilgi model — Snapdragon 835. Bu hanuz jahonning eng ilg‘or chipi. Qualcomm keyingi ilg‘or protsessor bo‘lgan Snapdragon 845'ni dekabrda taqdim qiladi. Smartfon boshqa jihatlari bilan "ajdodi"ga o‘xshaydi.
Displey: 6 dyuymli, 2.5D effektidagi Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: Snapdragon 835 — 8 yadro, 2,45 GGs chastotali;
Bosh kamera: qo‘sh -- 20 Mp + 16 Mp, diafragma F1,7;
Old kamera: 16 Mp;
Xotira: 6 GB / 8 GB tezkor, 64 GB / 128 GB doimiy;
Akkumulyator: 3300 mA/ soat;
OT: Android 7.1.1 Nougat'ning Oxygen OS talqini;
O‘lchami, vazni: 156,1x75x7,25 mm, 162 gramm.

Narx-navo
OnePlus 5T'ning narxi OnePlus 5 bilan deyarli bir xil — 499 dollardan boshlab (64 GB modeli). Aniqrog‘i o‘rtadagi farq 20 dollar. Eng yuqori talqin $560 dollardan sotiladi. Smartfon 21 noyabrdan Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!