OnePlus 6'da olingan ilk suratlar

OnePlus 6'da olingan ilk suratlar

16 may kuni OnePlus kompaniyasi Londonda o‘zining OnePlus 6 flagman smartfonini taqdim qilgan edi. Hozirda eng kuchli Android protsessor bo‘lmish Snapdragon 845 chipiga hamda 8 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘lgani bilan o‘ziga xos smartfon 6.28 dyuymli, 1080x2280 piksel sig‘imli ekran matritsasi Super AMOLED ekranga ega bo‘lgan.

Kamera masalasida esa, bosh kamera 16 megapikselli hamda 20 megapikselli sensorlardan tarkib topgan. Bosh kamera optik barqarorlashtirish, portret rejimi, sekundiga 60 kadrli 4K video olish jihatlariga ega bo‘lgan. O‘tgan yili taqdim qilingan OnePlus 5T modeliga nisbatan bu flagman qorong‘uda nisbatan yorqin suratlar oladi.

Quyida mazkur gadjet kamerasida olingan ilk suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz. 

 

OnePlus 6 "super slow motion", ya’ni sekinlashtirilgan video olish funksiyasiga ham ega bo‘lgan. Old kamera uchun 16 megapikselli sensor tanlangan.

OnePlus 6 joriy yilning 22 mayidan sotuvga chiqariladi. OnePlus 6 "Mirror Black" (jilodor qora), "Midnight Black" (tim qora) hamda Silk White (jilodor oq) talqinlardagi ranglarda ishlab chiqariladi. OnePlus 6 modelining 6 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotira talqini jahon bozorida $529 dollardan, yuqori talqin (8/128 Gb) esa $579, eng yuqori (8/256GB) talqin esa $629 dollardan sotuvga chiqariladi.

Texnik jihatlar:
Ekran: 6.28 dyuymli, Full HD+ (2280 × 1080 pikselli), 19:9 o‘lchamli, AMOLED matritsali ekran Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 hamda Adreno 630 video kartasi;
Xotira: 6 tezkor va 64 Gb doimiy yoki 8 Gb tezkor va 128GB / 256GB doimiy;
Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo tizimining o‘zlashtirilgan OxygenOS 5.1 talqini;
SIM-karta: qo‘sh (nano + nano)
Kamera: Qo‘sh sensorli bosh kamera - 16 Mp (LED Flash, f/1.7 diafragma, 1/2.6″ Sony IMX519 sensori, 1.22μm piksel o‘lchamli) hamda 20 megapikselli (f/1.7 apertura);
Old kamera: 16 megapikselli;
Barmoq izi sensori: bor;
O‘lchamlari: 155.7×75.35×7.75 mm; Vazni: 177 gramm;
Aloqa: 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 5, GPS + GLONASS, USB Type-C;
Akkumulyator: 3300 mA soat, Dash Charge tezkor quvvat olish texnologiyasi.