OnePlus 7T'ning render tasviri ochiqlandi

OnePlus 7T'ning render tasviri ochiqlandi

Bir necha kun ilgari OnePlus'ning aylana kamera modulli qandaydir qurilmasi eskiz chizmalari paydo bo‘lgandi. Hozir ma’lum bo‘lishicha, bu OnePlus 7T smartfoni ekan. Bu haqda smartfonning kompyuterda ishlangan renderlarini ochiqlagan taniqli liker OnLeaks xabar bermoqda. U taqdim qilgan tasvir smartfon dizayni haqida hozirgacha eng ko‘p ma’lumot bergan manba bo‘lib turibdi.

Tirqish kamera, ingichka chetki hoshiyalar va selfi kamera yuqorisida joylashgan karnay Bilan OnePlus 7T'ning old tomoni OnePlus 7'nikiga juda ham o‘xshash. Biroq ikki smartfon o‘rtasidagi bor o‘zgarish orqa panelda namoyon bo‘ladi.

OnePlus 7'da vertikal ravishda markazga o‘rnatilgan qo‘shkamera moduli bo‘lsa, 7T gorizontaliga qatorlangan uchta datchik va ulardan quyida joylashgan chiroqqa ega aylana "orol" moduliga ega.

Keyingi farq smartfonning ostki qismida ko‘rinadi. OnePlus 7'da USB-C portning bir tomonida karnay, ikkinchi tomonida esa asosiy mikrofon joylashgan bo‘lsa, 7T'da yuqoridagilarning faqat bittasi ostki qismda joylashgan; ikkinchisining o‘rnini SIM karta uyasi egallagan. Dizaynning boshqa jihatlarida farq mavjud bo‘lmasdan, 7T'ning OnePlus 7'niki bilan aynan bir xil tomonlari ham bor.

Texnik jihatlariga to‘xtalib o‘tsak, OnePlus 7T Snapdragon 855+ da ishlashi va 8 GB gacha bo‘lgan operativ xotirali bo‘lishi kutilmoqda.

Kameralar haqida esa aytish mumkinki, selfi kamerada o‘qzgarish qilinmaydi. Asosiy kamerasiga esa yoki telefoto, yoki o‘ta keng burchakli ob’yektivdan bittasi, yoki har ikkisi ham qo‘shilishi ehtimoli bor. OnePlus 7'da bu sensorlarning ikkalasi ham mavjud emas. Shuning uchun bu ajoyib yangilik bo‘ladi.

OnePlus 7T va OnePlus 7T Pro'lar keyingi oy OnePlus TV bilan teng taqdim qilinishi mumkin. OnLeaks'ning aytishicha, kompaniya smartfonning OnePlus 7T McLaren "Senna" talqinini ham yaratadi.

Bu mahsulotlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada paydo bo‘ladi.

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!