OnePlus Buds Pro qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

OnePlus Buds Pro qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

OnePlus kompaniyasi o‘zining Nord 2 5G smartfonini 22 iyulda taqdim etadi. Shu kuni smartfon bilan bir qatorda yangi OnePlus Buds Pro simsiz quloqchinlari ham taqdim etiladi.

O‘QING: Taqdimotdan oldin OnePlus Nord 2'ning yangi renderlari paydo bo‘ldi

Ushbu ma’lumotlar OnePlus'ning R&D rahbari bo‘lgan Kinder Liu tomonidan aytib o‘tilgan. Rahbarning ta’kidlashicha, quloqchinlardagi adaptiv shovqinni qaytarish funksiyasi uchta mikrofondan foydalanib tashqaridan kelayotgan shovqinni nazorat qiladi. Shu orqali shovqin darajasi 15 - 40 detsibelga pasayadi.

OnePlus Buds Pro Apple'ning Airpods Pro quloqchinlariga o‘xshaydi va uning dizayni jilovlanmas va yaltiroq qoplamalarning kombinatsiyasidan iborat bo‘ladi.

Liu ushbu dizaynni yaratish uchun OnePlus o‘tkazuvchan bo‘lmagan vakuumli metalizatsiya texnologiyasidan foydalanganligini va bu jarayon plastik korpus yuzasida metall ko‘rinishga ega bo‘lishiga imkon berganini aytib o‘tdi.

Liu OnePlus Buds Pro'ning akkumulyator hajmi va uning zaryadlovchi qutisi haqida hech qanday ma’lumot bermadi. Ammo quloqchinlar zaryadlovchi qutisi birgalikda adaptiv shovqinni qaytarish funksiyasi yoniq bo‘lgan holda 28 soat ishlashi, agar ushbu funksiyasi o‘chiq bo‘lsa, quloqchinlar 38 soat ishlay olishini ta’kidladi.

Buds Pro'ning zaryadlovchi qutisi USB-C portiga ega bo‘ladi va Warp Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu quloqchinlarni 10 daqiqa zaryadlash orqali 10 soat ishlab berishini ta’minlaydi. Qizig‘i shundaki, ushbu zaryadlash tezligidan foydalanish uchun har qanday adapter yoki kabeldan foydalanish mumkin.

Shuningdek, quloqchinlar qutisini simsiz ham quvvatlash mumkin. Ammo bu yo‘l bilan qutini faqatgina 2 vattda zaryadlash mumkin.

Flagman darajadagi quloqchinlar Matte Black rangda sotiladi.

O‘QING: OnePlus Nord CE 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.