Opera brauzerining yangi versiyasida valyutalarni o‘girish funksiyasi paydo bo‘ldi

Opera brauzerining yangi versiyasida valyutalarni o‘girish funksiyasi paydo bo‘ldi

Opera brauzerining dasturchilari o‘z vaqtida Presto formatidan voz kechib, WebKit dasturiga o‘tishgan va ko‘p narsalarda Google Chrome imkoniyatlaridan nusxa ko‘chirishgan edi. Biroq vaqt o‘tgan sari, Opera o‘zining avvalgi innovatsion funksiyalariga yana qaytib o‘z brauzeriga bir qator yangi imkoniyatlarni tatbiq etishni boshladi. Bu gal kompaniyaning rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra,  brauzerga valyutalarni o‘zaro konvertatsiya qilish funksiyasini tatbiq etilgan.

Opera 42 versiyasida ko‘zda tutilgan ushbu funksiya, ta’kidlash lozim, foydalanuvchilarga onlayn xaridlar chog‘ida qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Brauzer sozlamalarida valyutalarni sozlash imkoniyati mavjud. Hozircha unda 32 ta jahon valyutalarini Yevropa Markaziy bankining birliklari asosida o‘girish mumkin. Brauzerning yangi versiyasini ayni paytda yuklab olish mumkin.