Operatorlarga hududlarda mobil aloqani yaxshilash vazifasi yuklandi

Operatorlarga hududlarda mobil aloqani yaxshilash vazifasi yuklandi

29 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining navbatdagi Hay’at majlisida vazirlikka viloyat hamda tumanlardagi avtomobil yo‘llarida mobil aloqa sifatining yomonlashuviga doir shikoyatlarning kelib tushayotgani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekistondagi barcha mobil aloqa operatorlariga 2017 yilning 2-yarim yilligi va 2018-yilga mo‘ljallangan reja asosida eng qisqa muhlat ichida aloqa tarmoqlarini kengaytirish, xususan viloyat va tumanlarda qo‘shimcha mobil aloqa stansiyalarini o‘rnatish orqali aholi punktlari hamda avtomobil yo‘llarida mobil aloqa sifatini yaxshilash vazifasi yuklatilgan.

Shu bilan birga, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga telekommunikatsiya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subektlari tomonidan xizmat ko‘rsatish chog‘ida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va sifatsiz xizmatlar uchun ko‘riladigan jazo choralarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish bo‘yicha vazifa berilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!