OPPO 5 karra yaqinlashtiruvchi ilk kamerani taqdim etdi

OPPO 5 karra yaqinlashtiruvchi ilk kamerani taqdim etdi

Ispaniyada o‘tgan Jahon Mobil Kongressida Xitoyning OPPO kompaniyasi 5x Dual Camera Zoom texnologiyasini namoyish qildi. Xitoy smartfon bozorining yetakchisi hisoblangan OPPO besh karrali zum (yaqinlashtirish) texnologiyasiga ega qo‘sh ob’yektivli kamera texnologiyasi bugungacha ixcham shakldagi fotokameralarda mavjud edi.

Oppo 5x Dual Camera Zoom – 5 karrali zumga ega jaondagi ilk qo‘sh kamera bo‘lib, xuddi shunday ob’yektivli, faqat ob’yektni 3 marotaba yaqinlashtirish imkoniga ega ZenFone Zoom smartfoni sal avvalroq taqdim qilingan.

Kameradagi bosh modul «periskop», ya’ni durbinsimon optik qurilma tasvirni 3 marotabagacha yaqinlashtiradi. U yotiq holatda joylashtirilgan va tasvirni maxsus oyna orqali tik ko‘rinishda uzatadi. Shuningdek, bu texnologiya jami 50 ta kichik detallardan iborat bo‘lsa ham, kamera hajmi ham ixcham bo‘lib, 5,7 mm.ni tashkil qilmoqda. Bu esa uni o‘ta yupqa korpusli smartfonlarga ham joylashtirish mumkinligini anglatadi.

Oppo 5x Dual Camera Zoom’da optik barqarorlashtiruvchi tele-fotoob’yektiv mavjud. U bilan yonma-yon joylashgan keng burchakli ob’yektiv yordamida muayyan manzarani 5 marotaba yaqinlashtirib, tasvirga olish mumkin bo‘ladi. Hozircha bu kamera o‘rnatiladigan ilk smartfon nomi ma’lum emas.

Quyidagi misollrda yangi kamera texnologiyasida olingan suratlarni mavjud texnologiyaga ega raqibalrida olingan suratlar bilan taqqoslang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!