Oppo F1 Plus xalqaro flagmanini taqdim etdi

Oppo F1 Plus xalqaro flagmanini taqdim etdi

Yaqindagina Orro kompaniyasi Xitoyda o‘zining yangi Oppo R9 flagman smartfonini taqdim etgan edi. Tez orada mazkur modelning boshqa bozorlarga mo‘ljallangan, biroq boshqa nom — Oppo F1 Plus ostidagi talqini savdoga chiqariladi. Uskunaning asosiy o‘ziga tortadigan jihatlaridan biri dizaynining iPhone 6s uslubida ishlab chiqilganidadir. Shuningdek, old kamerasi 16 megapiksel bo‘lib, f/2.0 diafragma va 78.1° ko‘rish burchagiga ega. Natijada kamera odatiy modullarga qaraganda to‘rt barobar ko‘proq yorug‘likni qabul qila oladigan darajaga yetkazildi.

Oppo F1 Plus smartfoni 5.5 dyuym, Full HD sig‘imli (1920×1080 piksel) IPS-ekran bilan ta’minlangan bo‘lib, Gorilla Glass 4 himoya oynasi bilan qoplangan. Ish samaradorligiga 2 GGs chastotali sakkiz yadroli MediaTek Helio P10 (MT6755) protsessori javobgar. Tezkor xotirasi 4 Gb bo‘lsa, doimiy xotira hajmi 64 Gb, shuningdek, 128 Gb gacha microSD kartochkalari uchun slot ham mavjud. Mazkur slotda ikkinchi nanoSIM uchun ham joy hozirlangan.

f/2.2 optikali asosiy kamera 13 Mp bo‘lib, Full HD formatda videolarni tasvirga olishi mumkin. Ekran ostiga esa barmoq izi skaneri joylashtirilgan. VOOC firma tezkor quvvatlash tezxnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan akkumulyatorining hajmi 2850 mAsoatga teng.

Smartfon Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi asosida ishlaydi, unga ColorOS 3.0 dasturiy qoplamasi o‘rnatilgan.

Oppo F1 Plus Yevropa bozorlarida 2016 yilning mayidan savdoga chiqariladi, narx masalasi esa — 390 yevro.

Manba: Android Authority

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!