Oppo joriy yilning oxirigacha AQSh bozoriga kirmoqchi

Oppo joriy yilning oxirigacha AQSh bozoriga kirmoqchi

Bugungi kunda smartfon sotuvlari bo‘yicha Xitoyda juda yaxshi natijalarni qayd etayotgan Oppo brendi joriy yilning oxirigacha AQSh bozoriga kirishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda IXBT sayti.

DigiTimes resursi bergan ma’lumotga asosan, kompaniya tez orada AQSh mediasida o‘z mahsulotlarini faol tarzda reklama qilishni boshlaydi.  Oppo  bundan avvalroq Amerika bozorida Blu-ray pleyerlarni taqdim etib, hatto mazkur segmentda yetakchilikni ham qo‘lga olgan edi. Shu bilan birga, Oppo AQSh bozorida o‘zining kamerafonlarini ham sotuvga chiqarish maqsadida. Hozirda Xitoy brendi 1100 ta fotografiya texnologiyalari doir patentlarga egalik qiladi.

Shu yilning 3 choragida Oppo jami 25 mln smartfonni sotuvga chiqarib, Apple, Huawei va Samsung‘dan keyin jahon reytingida to‘rtinchi o‘rinni band qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!