Oppo kompaniyasi Reno7 seriyasini taqdim etdi

Oppo kompaniyasi Reno7 seriyasini taqdim etdi

Oppo kecha Reno7 seriyasiga qarashli Reno7 5G, Reno7 Pro, Reno7 SE modellarini taqdim etdi. Reno7 hamda Reno7 Pro qurilmalari 3-dekabr sanasida sotuvga chiqsa, Reno7 SE'ning savdosi 17-dekabrdan boshlanadi.

O‘QING: Redmi K50 Gaming smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Reno7 Pro 5G

Seriyadagi eng kuchli smartfon bu - Reno7 Pro. Qurilma Dimensity 1200-Max chipiga ega bo‘lib, uning 8/12GB tezkor xotira, 256GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turi mavjud.

Shuningdek, smartfon 90Hz chastotada ishlovchi 6.55 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey 180Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ekranosti barmoq izi skaneriga ega. 1080p rezolyutsiyadagi displeyning maksimal yorqinligi 800 nitni tashkil qiladi.

Sony kompaniyasining IMX766 50MP sensori smartfonga asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Bundan tashqari, kamera modulidan ultrakeng hamda makro kameralar ham o‘rin olgan.

Qurilma 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 65 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan ColorOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Oppo Reno7 Pro'ning 8/256GB xotiraga ega bo‘lgan turining narxi 3,699 yuan (taxminan 579 dollar) bo‘lsa, 12/256GB turining narxi esa 3,999 yuanni (taxminan 625 dollar) tashkil qiladi.

Reno7 5G

Ushbu smartfonning ko‘plab texnik jihatlari Pro modelniki bilan bir xil. Misol uchun, qurilma 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega, biroq Pro versiyadan farqli o‘laroq, u 60 vattda quvvat oladi.

Reno7 5G ham 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 1080p rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ammo qurilmaga nisbatan kichikroq 6.43 dyuymli displey o‘rnatilgan.

Smartfon 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 32MP selfi kamera bilan jihozlangan.

Qurilma Snapdragon 778G chipida ishlaydi, uning 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB xotira hajmiga ega turlari mavjud.

Reno7 5G'ning narxi 2,699 yuandan (422 dollar) boshlanadi.

Reno7 SE 5G

Seriyadagi eng arzon smartfon bu - Reno7 SE. Smartfon xuddi Reno7 kabi 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.4 dyuymli displeyga ega. Shuningdek, smartfon 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin.

Dimensity 900 chipi smartfonning barqaror ishlashiga javob beradi. Qurilmning 8/128GB, 8/256GB xotiraga ega turi mavjud.

Reno7 SE modeliga 48MP asosiy kamera, 2MP makro kamera hamda 2MP sath kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!