Oppo Nokia 9 PureView versiyasini chiqarmoqchimi?

Oppo Nokia 9 PureView versiyasini chiqarmoqchimi?

Aftidan, Xitoyning Oppo kompaniyasi kamida yetti kameraga ega smartfonni chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Yaqinda paydo bo‘lgan fotosuratlar bu taxminlarni tasdiqlaydi va orqa panelda ulkan kamera blokiga ega smartfonning g‘ayrioddiy konsepsiyasini ochib beradi. Rasmlar Xitoyning eng yirik patent idorasi - Intellektual mulk milliy adminstratsiyasi veb-saytidan topilgan.Oppo ushbu yechim bilan smartfon dizaynining ikkita misolini taqdim etdi. Ular faqat kamera bloki joylashgan panel shaklida va chiroq joylashuvida farqlanadi. Taklif etilayotgan smartfonning old tomoni orqa tomonidan an’anaviyroqdir - bu erda chiroyli tirqishga joylangan bitta old kamerani ko‘ramiz.Albatta, go‘zallik - bu sub’yektiv masala, ammo texnolog uchun bunday kameralar bloki amalda o‘zini qanday ko‘rsatishi qiziqroq. Barcha fotosuratlar shunchaki konsepsiya ekanligini hisobga olib, kompaniya ishlaydigan prototipni namoyish etishga tayyor ekanligi dargumon.

Oppo yangi qurilmasining dizayni qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, Xitoy ishlab chiqaruvchisi shunchaki joriy trendlarni hisobga olgan holda rivojlanmoqda. Smartfon kameralari soni esa yildan yilga ortib bormoqda.Smartfon ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining reklamalarida nima deyishidan qat’i nazar, baribir fizikaga qarshi chiqa olishmaydi. Professional kameralar bilan taqqoslaganda mobil sensorlar hali ham kichkinaligicha qolmoqda. Natijada, ularning yorug‘lik yig‘ishi yomonlashadi, shuning uchun smartfon texnik jihatdan ko‘proq yorqin va yuqori sifatli rasm olishda ojizdir.

Ehtimol, ushbu qurilma kompaniyaning boshqa ko‘plab konsepsiyalari singari yorug‘likni umuman ko‘rmas, ammo shunisi qiziqki, Oppo ko‘p sonli sensorlar g‘oyasini targ‘ib qilishga qaror qilsa, Nokia'ning muvaffaqiyatsiz Nokia 9 PureView haqidagi g‘oyasini muvaffaqiyatliga aylantira olarmikan.

O‘QING: Dimensity 1000 protsessorli ilk 5G-smartfon – Oppo Reno 3 taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.