Oppo Reno 3 haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Oppo Reno 3 haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Oppo hozirga qadar ishlab chiqargan Reno seriyali smartfonlari tomchi tirqishli yoki korpusdan sizib chiquvchi selfi kameraga ega bo‘lgan. Lekin kelasi oy chiqishi kutilayotgan Reno 3'ga esa aylana tiriqishli selfi kamera o‘rnatilishi mumkin.

Reno 3'dan olingani aytilayotgan skrinshotda smartfon ekranining yuqori tomon chap qismida bo‘sh joy mavjud bo‘lib, bu displeyning chap burchagida tirqish bo‘lishidan dalolat beradi.Agar bu rasm rostdan ham haqiqiy bo‘lsa, Reno 3'da qo‘sh-5G funksiyasi bo‘ladi. Bu funksiya haqida kompaniya o‘tgan hafta ColorOS 7'ning taqdimotida ham xabar bergan edi.

Reno 3'ning oy boshida sizdirilgan texnik jihatlariga to‘xtalib o‘tsak, hali taqdim qilinmagan Snapdragon 735 chipida ishlovchi gadjet 8GB operativ, 128/256GB doimiy xotira sig‘imiga ega bo‘ladi. 6,5" FHD+ AMOLED panelning yangilanish chastotasi 90Hz bo‘lib, akkumulyator sig‘imi 4 500 mA/soatga teng, 30 vattli tezkor quvvatlash funksiyasi mavjud. 

Old kamera 32 megapikselli, orqa paneldagi to‘rt kamera modulining asosiy linzasi esa 60MP bo‘ladi. 

O‘QING: "Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!