Oppo selfi-kamerasi qo‘sh ob’yektivli smartfonni taqdim qildi

Oppo selfi-kamerasi qo‘sh ob’yektivli smartfonni taqdim qildi

Xitoyning Oppo brendi F3 hamda F3 Plus smartfon modellarini taqdim qildi. Ularga kompaniyaning o‘zi “Selfie Expert” deb laqab qo‘ygan. Old kamera uchun 120 gradus burchak ostida suratga oladigan qo‘sh ob’yektiv o‘rnatilgani buning bosh sababi. Mazkur kamera modullarining asosiysi 16 MP sig‘imli bo‘lib, unga f2.0 turidagi optik pribor o‘rnatilgan. Ikkinchi selfi kamera 8 megapikselli va u 6 ta optik elementlardan iborat.

Kamera ilovasidagi Beautify 4.0 rejimi teri rangi tusini yorqinlashtirish, detallarni aniq aks ettirish, orqa fonni xiralashtirish kabi vazifalarni bajaradi.

Bosh kamera uchun Sony’ning 16 MP, matritsa o‘lchami 1/2.8 dyuymli, ob’yektiv optik pribori f/1.7 bo‘lgan Sony IMX398 moduli tanlangan. Bu kamera qo‘sh fazali avtofokus tizimlariga ega, 1,4 mikron pikselli, 120 gradus burchak ostida suratlar oladi.

Oppo F3 5,5 dyuymli hamda F3 Plus smartfoni 6 dyuymli, 1920x1080 pikselli Full HD ekranga ega. Ekran hoshiyasi va korpus romi o‘rtasidagi masofa qisqarib, 2 mm.ni tashkil qiladi. Displey Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Old paneldagi bosh tugma barmoq izlari skaneri vazifasini ham bajaradi.

Oppo F3 Plus’ga 8 yadroli Snapdragon 653 protsessori, Adreno 510 video-kartasidan, elektr toki sig‘imi 4000 mA soat va tezkor quvvatlash mumkin bo‘lgan akkumulyatordan, 4 GB operativ xotira, 64 GB doimiy xotiradan foydalanilgan. Smartfonga 256 GB.gacha bo‘lgan xotira fleshkasini o‘rnatish mumkin.

“Selfie Expert” 2 ta SIM-kartada aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.1 va GPS tarmoqlarida ishlaydi. Oppo F3 Plus devaysi Android 6.0 Marshmallow tizimining o‘zlashtirilgan Color 3.0’da faoliyat ko‘rsatadi.

Oppo F3 Plus 2017 yilning 1 aprelidan Hindistonda 474 AQSh dollaridan sotila boshlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!