O‘rta narxli Huawei Honor 7X sotuvga chiqarildi: narx-navo

O‘rta narxli Huawei Honor 7X sotuvga chiqarildi: narx-navo

Huawei kompaniyasi 11 oktyabr kuni Honor 7X smartfonini taqdim qilgan edi. Huawei Honor 7X o‘tgan hafta xalqaro bozorda sotuvga chiqarildi.

Smartfon metall korpusli bo‘lib, orqa paneldan barmoq izlari skaneri o‘rin olgan. Huawei Honor 7X 5,93 dyuymli Full HD+ (2160 x 1080 pikselli), 2.5D effektli qayrilma ekranga ega bo‘lgan. Uning old panelining 82,9% qismi displeydan iborat. Displey tomonlarining nisbati 18:9 ga teng.

Apparat ta’minoti uchun firmaning 8 yadroli Kirin 659 protsessori, 4 GB operativ va 32, 64 yoki 128 GB doimiy xotira (fleshka uchun joy bor) mas’ul. Protsessordagi 4 ta Cortex-A53 yadrosining chastota tezligi 2.36 Ggs, qolgan 4 ta Cortex-A53 yadrosiniki 1.7 Ggs.

Bosh kamera uchun 16+2 Mp sensorlar hamda selfi-kameraga 8 Mp sig‘imli sensor tanlangan.

Alyuminiydan tayyorlangan orqa paneldan barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Huawei Honor 7X Android 7.0 Nougat'ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Huawei Honor 7X 3 rangli talqinda — qora, tillarang va ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Xalqaro bozorda uning eng arzon talqini (32 GB) 234 AQSh dollaridan boshlab sotilishi ma’lum qilindi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.