Oshiq “iPhone X'li yurak” yordamida yor qo‘lini so‘radi

Oshiq “iPhone X'li yurak” yordamida yor qo‘lini so‘radi

Yangi iPhone taqdimoti, ayniqsa, xitoylik oshiq yigitlarga qimmatga tushadi. Boisi, bu mamlakatda har bir oshiqning o‘z sevgilisiga birinchilardan bo‘lib yangi ayfon sovg‘a qilishi –rad etib bo‘lmas an’anaga aylangan.

Mana shunday navbatdagi “jabrdiyda” oshiqlar qatoridan dasturchi Chen Ming ham o‘rin egalladi. Shenchjenlik bo‘lgan Chen Ming mahbubasiga nisbatan sevgisini namoyon qilish uchun bir emas, o‘n emas, naq 25 dona iPhone X xarid qildi. Ularning yordamida "g‘arbcha yurak" shaklini chizgan Chen Ming sevgilisining ko‘nglini olishga urindi.

iOS uchun video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi bu yosh yigit 2017 yilning 3 noyabrida 25 dona iPhone X'ga avvaldan buyurtma bergan.

Oshiq qizil atirgul gulbarglari yoyilgan maydon bo‘ylab 25 dona iPhone X yordamida yurak shaklini aks etirib, uning qoq markaziga tilla uzuk o‘rin olgan idishni qo‘ygan.

Ma’lum bo‘lishicha, ismi Li bo‘lgan bo‘lgan bu qiz 25 yoshda. Kutilmagan romantik sovg‘a uni hayratga solgan bo‘lishi aniq. Shu bois bo‘lsa kerak, u shu yerning o‘zidayoq Chen Mingga turmushga chiqishga rozilik bildirgan.

iPhone X'ning muhabbatni isbotlash uchun qanchalar asosli vosita ekani aniq emas. Biroq, bu ikki juftlik 2 yil avval aynan video o‘yinlar sababli tanishib qolishgan. O‘yinlar va elektronika vositalari ular o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlagan.

25 dona ayfon esa qizning yoshini bildiradi. Bu ikkala juftlik bu qadar ko‘p ayfon o‘zlariga ko‘plik qilishini anglab yetib, ortgan ayfonlarni eng yaqin do‘stlariga shu yerning o‘zida sovg‘a qilishadi.

Chen Ming bu ayfonlar uchun jami 31,5 ming dollar sarflagan edi. Bu surat hamda voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga va qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik Chen Mingni isrofgarchilikda ayblagan. Biz esa o‘quvchilarimizga bunday xatti-harakatlar oila va muhabbat munosabatlarida o‘zini oqlamasligini eslatib qo‘yamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!