OSON BONUS: KEShBEK HECh QAChON BUNChALIK SODDA BO‘LGAN EMAS!

  •   DiMaX
  •  4022
  •  06.12.2017 19:09

OSON BONUS: KEShBEK HECh QAChON BUNChALIK SODDA BO‘LGAN EMAS!

Kam xarj qilib, ko‘proq qo‘lga kiritishni judayam xohlaymiz. Shunaqangi manfaat bilan sotib olaylikki, har bir xaridning ma’lum foizi qaytib ham kelsin. Bu hammaning orzusi bo‘lib, cashback (keshbek) degan sirli so‘z bilan ataladi. Bexabarlar uchun izoh beramiz: bu so‘z tilimizga yaqinda kirib kelgan va inglizchadan tarjima qilganda, «naqd pulning qaytishi» degan ma’noni bildiradi.

Cashback O‘zbekistonda yaqindagina paydo bo‘ldi, unga ega bo‘lish uchun ma’lum bir bankka borish, muayyan bir kartaning ochilishi uchun pul to‘lash, uch kun kutish kerak… «Ze-ri-kar-li!» – degan qarorga kelishdi Oson to‘lov tizimi ishlab chiqaruvchilari va o‘z tizimlari kabi sodda Oson bonus xizmatini ishga tushirishga qaror qilishdi.

Masalaning asl mohiyati tejamkorlikda! Oson bonus – mablag‘ingizni biroz tejashning bir usuli. Jamg‘arib olib, arzirli biror narsaga ishlatish.

Chindan ham juda foydali qaror. Oson to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirasiz, ishlatgan mablag‘ingizning ma’lum qismi o‘zingizga qaytib keladi. Eng muhimi, buning uchun hech qayerga borish, navbat kutish, karta ochish, kutish kerak emas, shunchaki, Oson mobil ilovasini yuklab olishning o‘zi kifoya. Shuning o‘zi, xolos…

«Shunchalik osonmi? Ishonish qiyin, firibgarlik emasmikin?..» kabi savollar tug‘ildimi darrov? Ishontirib aytamizki, bunda hech qanday firib yo‘q. Ilovani yuklab olasiz, u orqali xaridlaringizni yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirasiz. Maxsus kartangizdagi bonuslarning o‘sishiga guvoh bo‘lasiz, yig‘ilib qolgan bonuslarni tizim hamkorlari xizmatlariga sarflaysiz.

Har bir to‘lovdan qancha pul qaytadi? Bu hamkorning siyosatiga bog‘liq, odatda, buyurtma miqdorining ma’lum bir foizi ko‘rinishida bo‘ladi. Bonuslarni hisoblash jarayoni xaridni amalga oshirishingiz bilan, shu zahotiyoq boshlanadi. Hamkor tasdiqlashi bilan bonus sizning balansingizga tushadi.

Xaridlar qulay va tejamli bo‘lishi kerak. Oson bonus – bu shunchaki yangi chiqqan bir narsa emas, balki haqiqatan pul topadigan xizmatdir.

Hali ham Oson foydalanuvchisi emasmisiz? Unda tezroq yuklab oling:

✔️ iOs – https://goo.gl/yAaqjg

✔️ Android – https://goo.gl/w96KTn

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.