Ot o‘rnini toy bosar

Ot o‘rnini toy bosar

Ispaniyaning Barselona shaharida bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress (MWC) 2022 tadbirida Samsung kompaniyasining Mobile Experience biznes bo‘limi rahbari Ro Te Mun jurnalistlar bilan uchrashuvda, "Galaxy Note endi Ultra sifatida chiqariladi" deya xabar berdi. 

Garchi Note brendi endi chiqarilmasa-da, S Pen stilusi Ultra modellarda qo‘llab-quvvatlanadi. Shu yilning fevral oyi boshida taqdim qilingan Galaxy S22 Ultra ham S Pen bilan birgalikda chiqarilgan va aytish kerakki S22 Ultra tashqi ko‘rinishidan xuddi avvalgi Note smartfonlarning o‘zi, faqat Ultra nomi ostida.

Yangi S22 Ultra modeli kompaniyaga yaxshigina muvaffaqiyat olib keldi va Koreyaning o‘zida smartfon uchun oldindan buyurtma berganlar soni bir milliondan oshib ketgan. 

Samsung'ning so‘nggi Note modeli Galaxy Note 20 bo‘lib qolmoqda, shuningdek, kompaniyaning ilk Ultra modeli ham S20 seriyasi qatorida chiqarilgan, Galaxy S20 Ultra. Kompaniya ilk Galaxy Note smartfonini 2011-yilda chiqargan edi. 

O‘QING: Galaxy Book2 Pro va Book2 Pro 360 noutbuklari taqdim etildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!