O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz to‘qqizinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz to‘qqizinchi hafta)

Yangi smartfonlarini taqdim qilgan Apple va Huawei oxirgi ikki haftada o‘ntaligimizda yetakchilik qilgan edi. Bu safar mashhurlik cho‘qqisi Xiaomi'ga nasib qilgan ko‘rinadi.

Mi Mix Alpha faqatgina konseptual qurilma bo‘lishi mumkin, biroq u kishini o‘ziga shunchalik tortadiki, sotib olmasligi aniq bo‘lganlar ham unga qiziqmoqda.

Undan keyingi o‘rinda Google Pixel 4 devaysi turibdi. Qurilma hali taqdim qilinmadi (taqdimoti 15-oktyabrda bo‘lib o‘tadi). Vaholanki, u haqda shunchalik ko‘p ma’lumot sizib chiqqanidan, u allaqachon taqdim qilib bo‘lingandek go‘yo.

Huawei'ning Mate 30 lineykasiga bo‘lgan qiziqish kamaydi, lekin Apple'ning iPhone 11 Pro Max'i o‘tgan haftadagi uchinchi pog‘onasini saqlab qola oldi.

Xitoyliklarning Mate 30 Pro'si ikki pog‘ona pastladi, undan keyingi o‘rin esa koreyslarning Galaxy M30s'iga tegdi. 

Ushbu chartimizdagi aksariyat smartfonlar (iPhone 11 Pro Max'dan tashqari) o‘zlarining 37-haftadagi o‘rnini saqlab qololmagan bir paytda Xiaomi Note 8 Pro sakkizinchi o‘rindan oltinchiga ko‘tarildi.

Google'ning taqdim qilinmagan yana bir smartfoni, Pixel 4 XL, ham o‘ntalikka kira oldi. Yettinchi o‘rin. O‘ta arzon Redmi 8A'ga esa, nomiga mos, sakkizinchi o‘rin nasib qildi.

Qanchadan-qancha yangi smartfonlar taqdim qilingan bo‘lishiga qaramay, Galaxy A50 ro‘yxatimizdan anchadan beri o‘rin egallab kelayotgan smartfonlardan. Biroq bu gal u to‘qqizinchi o‘rin bilan kifoydalandi; balki keyingi hafta xayrlashishimizga to‘g‘ri kelar.

Oxirgi o‘rinni yangi iPhone oilasining eng arzon vakili iPhone 11 band qildi. 

Shunday qilib, iPhone 11 Pro, uchta Mate 30 smartfoni va Realme XT chartimizni tark etdi.

Xiaomi Mi Mix AlphaHozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Google Pixel 4Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Apple iPhone 11 Pro MaxHozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Huawei Mate 30 ProHozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy M30sHozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi Note 8 ProHozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Google Pixel 4 XLHozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi 8AHozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Samsung Galaxy A50Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Apple iPhone 11Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz sakkizinchi hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!