O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq uchinchi hafta)

O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq uchinchi hafta)

O‘tgan hafta sodir bo‘lgan keskin o‘zgarishlardan so‘ng, 43-haftada chartimizda tub burilishlar bo‘lmadi. Top o‘ntalikka uchta yangi smartfon kelib qo‘shilgan bo‘lsa ham, dastlabki to‘rtta qurilma hech qayoqqa siljigani yo‘q.

Mana, uchinchi hafta hamki, Redmi Note 8 Pro ro‘yxatimizda yetakchilik qilyapti. Redmi Note 8 ham ikkinchi o‘rnini o‘zgartirgani yo‘q.

Samsung Galaxy A50'dan oldin turgan Realme X2 Pro kuchli, yo‘g‘e, mashhur uchtalikni yakunlab berdi. Yana bir Realme smartfoni — 5 Pro bo‘lsa, qoq markazda.

Kupertinoliklarning iPhone 11 Pro Max'i ham mashhurlikda ikki pog‘ona ko‘tarilib, oltinchilik bilan kifoyalandi. Samsung'ning Galaxy M30s'i chartimizga qaytib kelib, avvalgi yettinchi o‘rnini qayta egalladi.

Uch o‘rin pastga tushib ketgan Redmi 8 o‘z nomiga mos sakkizinchida. So‘nggi ikki o‘rin Huawei'ning devayslariga nasib qilgan ekan. nova 5z va Honor 9X'lar mos ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinni band qildi.

Xiaomi Redmi Note 8 ProHozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi Redmi Note 8Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Realme X2 Pro Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy A50 Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Realme 5 ProHozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 10

Apple iPhone 11 Pro Max Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Samsung Galaxy M30sHozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Xiaomi Redmi 8Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Huawei nova 5z

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

Honor 9XHozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq ikkinchi hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.