O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz uchinchi hafta)

O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz uchinchi hafta)

2019 yilning o‘ttiz uchinchi haftasi ham yakunlandi. Bu hafta mobil olamda ulkan voqealarga boy bo‘ldi. Bunday deyishimizga asosiy sabalardan biri shuki, o‘tgan haftada ko‘plab smartfonlar haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi va boshqa qator gadjetlar taqdim qilindi. Quyida 12—18 avgust sanalarida internetda eng ko‘p qidiruv berilgan smartfonlar o‘ntaligi bilan tanishamiz.

Taqdimotidan ikki hafta o‘tib ham Samsung Galaxy Note 10 lineykasi flagmanlari mashhurlikni qo‘ldan bermayapti. Bu safargi ro‘yxatimizda ushbu oilaning Plus versiya flagmani birinchilikda. O‘tgan haftada esa Note 10 ushbu o‘rinda turgan edi.

Galaxy A50 S Pen'li fabletlar orasiga tushib olib, ikkinchi o‘rinni qayd etdi. Biroq smartfonning 5G talqini esa top o‘ntalikka kirmadi ham.

Bu Galaxy A70 va Redmi Note 7'lar foydasiga ishlab, har ikkisi bir pog‘ona ko‘tarildi: texnoishqibozlar qiziqishini o‘ziga torta olishda bu ikki gadjet mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi bo‘ldi.

Galaxy A90 hali beri taqdim qilinmagan bo‘lsa ham, o‘z muxlislariga ega bo‘lib ulgurgan ko‘rinadi. Nima bo‘lganda ham, tabriklaymiz. Oltinchi o‘rin.

Xiaomi Mi 9T Pro yettinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, Galaxy A30 ikki pog‘ona yuqorilab, sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. To‘qqizinchi o‘rinda koreyslarning Galaxy A20'si.

Kuchli o‘ntalikni yaqinda taqdim qilingan HTC Wiodfire X quyi toifa telefoni egallab, HTC'ning yana bozorga qaytganligidan dalolat bermoqda.

Samsung Galaxy Note 10+

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagisi: 2

Samsung Galaxy A50

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagisi: 4

Samsung Galaxy Note 10

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagisi: 1

Samsung Galaxy A70

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagisi: 5

Xiaomi Redmi Note 7

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagisi: 6

Image result for Samsung Galaxy A90 5G

Samsung Galaxy A90 5G

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftada: top o‘ntalikka kirmagan

Image result for Xiaomi Mi 9T Pro

Xiaomi Mi 9T Pro

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagisi: 7

Image result for a30

Samsung Galaxy A30

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagisi: 10

Samsung Galaxy A20

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftada: top o‘ntalikka kirmagan

HTC Wildfire X

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftada: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz ikkinchi hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.