O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top o‘n smartfon (o‘ttiz to‘rtinchi hafta)

O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top o‘n smartfon (o‘ttiz to‘rtinchi hafta)

Samsung va Realme o‘tgan hafta ikkitadan smartfon taqdim qildi. Har ikkala juftlikning qimmatroq toifa qurilmasi top 10 talikka kira oldi. Shunchaki kirmadi, balki yuqori pog‘onalarni band qildi.

Samsung Galaxy Note 10+'ni "taxtdan yiqitgani" holda Galaxy A50s birinchi pog‘onani band qildi.

Shundan so‘ng Galaxy A50 turibdi. O‘tgan haftada ham ayni o‘rinni qayd etgan Galaxy A50'ning shuhrati ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egallagan Realme 5 Pro sabab yana ham oshib ketdi. Sababi bu ikki smartfonlar bir-biriga ko‘p taqqoslandi va Smasung'ning Galaxy A50'iga yanada ko‘p e’tibor qaratildi.

Redmi Note 7 o‘zining beshinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, Galaxy A70 ikki pog‘ona pastlab, oltinchi o‘ringa tushib ketdi. 

Bozori kengaygan Xiaomi Mi A3 esa ro‘yxatga qayta kirib, yettinchi pog‘onadan o‘rin oldi. Redmi 8 esa taqdimotidan oldin sakkizinchi pog‘onada. Bizningcha, smartfon haqida kompaniya ochiqlagan ma’lumotlar uning foydasiga ishladi. Ko‘plab odamlar endi bu smartfonga qiziqish bildirmoqda.

Galaxy A20 va Galaxy A30'lar mos ravishda jadvalimizga yakun yasaydi. O‘tgan hafta trendda bo‘lgan aqlli telefonlardan HTC Wildfire X, Xiaomi Mi 9T Pro va Galaxy A90'lar o‘ntalikni tark etdi. Samsung'ning Galaxy Note 10'i ham bu ro‘yxatni tark etdi.

Samsung Galaxy A50s

Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

 

Samsung Galaxy A50

Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

 

Realme 5 Pro

Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

 

Samsung Galaxy Note 10+

Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

 

Xiaomi Redmi Note 7

Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

 

Samsung Galaxy A70

Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

 

Xiaomi Mi A3

Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

 

Xiaomi Redmi 8

Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

 

Samsung Galaxy A20

Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

 

Samsung Galaxy A30

Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

 

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz uchinchi hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!