O‘tmishga nazar: Samsung Galaxy Note

O‘tmishga nazar: Samsung Galaxy Note

Samsung o‘zining Galaxy Note smartfonlarining 10 lineykasigacha bo‘lgan solnoma e’lon qildi. O‘ziga xosligi ulardagi S Pen'ning mavjudligi bo‘lgan fabletlarning birinchi avlodi 2011 yil IFA ko‘rgazmasida namoyish qilingan. Ushbu maqolada o‘z davrining eng originali bo‘lgan mana shu fablet haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Samsung Galaxy Note

Samsung Galaxy Note taqdim qilinganda ko‘plar kompaniyani aqldan ozdiga chiqargan. Ular telefon o‘ta katta ekanligi, ruchka g‘oyasi esa zamon bilan hamnafas emasligini ta’kidlashgan. Ular qisman haq edi, chunki ruchka tachskrin smartfonga emas, balki sezish darajasi past bo‘lgan, kichik rezistiv ekranli telefonlarga kerak bo‘lishi mumkin edi xolos.

Biroq Samsung'dagilar ruchka smartfonda yozish yoki chizish amaliyotining tabiiyroq chiqishini ta’minlashini aytib, bu fikrlarga qarshi chiqdi. Biroq oddiy kapasitiv ruchka bu davr uchun, albatta, mos emasdi. Shu sababdan ham Samsung Wacom kompaniyasi bilan bu borada hamkorlik qildi.

S Pen Galaxy Note'ning ajralmas qismidir

Wacom kompyuterda rasmlar chizish va tahrirlash uchun montajchi rassomlar foydalanadigan grafika qurilmalari ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniya sanaladi. Tasvirni faol raqamlashtiruvchi texnologiyaning ruchkada akkumulyator bo‘lmasa ham ishlashi S Pen'ni boshqa shunday ruchkalardan ajralib turuvchi jihatidir. S Pen 128 xildagi bosim darajasini farqlay oladi. Bu esa u nafaqat ruchka, balki bo‘yoq cho‘tkasi sifatida xizmat qila olishini ko‘rsatadi. Rassomlik qobiliyatingiz bo‘lmasa ham, Quick Memo funksiyasini ishga tushirib, ruchka bilan hech qanday qiyinchiliksiz qaydlar yaratishingiz, rasmlar hosil qilishingiz mumkin.


S Memo Lite • S Pen bilan S Planner'dagi sananing kichik hajmli piktogrammasiga ham aniq chertish mumkin edi

Galaxy Note'ning dizayni ham o‘ziga xos edi. 5.3" kattaligi bilan Galaxy S II'ning 4.3" ekranidan 1 dyuym katta edi. Ma’lumot uchun Galaxy S II dizayni birinchi avlod Note uchun asos qilib olingan. Ekran eniga ham katta edi: displeyning 16:10 nisbati yozish va o‘qish oson bo‘lishini kafolatlagan.

Bu displey HD tiniqlikdagi, piksel zichligi 800 x 1,280 bo‘lgan ilk Super AMOLED displey edi. Galaxy S II'ning RGB sAMOLED'idan farqli, bu PenTile tipli panel edi. Biroq rezolyusiyasining kattaligi uning ustunligi edi.

Galaxy Note ekranining Galaxy S II va iPhone 4 bilan solishtirmasi

Ko‘pchilik mashhurligiga shubha bilan qaragan katta ekranli smartfonlar g‘oyasi iste’molchi orasida ommalasha oldi va bu uchun Galaxy Note'ga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Zamonaviy smartfonlar o‘lchamlari eniga yetarlicha darajada kattalashib ulgurdi; endi ishlab chiqaruvchilar ekran nisbatini eniga emas, balki bo‘yiga kattalashtirib bormoqda.

Galaxy Note qo‘lda oson ishlatiladigan telefon emas, biroq smartfon kattaligiga ko‘nikish ilojsiz emas

Fablet o‘ta mukammal emasdi. To‘g‘ri, ikki yadroli protsessor o‘z davri uchun yetarlicha tez edi, hatto 1080p kattalikdagi videolar olish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashga ham "kuchi yet"ardi, biroq atigi uch yarim soat internetdan foydalanganingizdan so‘ng, akkumulyator "bo‘sh"ab qolishi asosiy kamchiliklardan bo‘lgan.

 

Shuningdek, S Pen ham o‘ta tezkor emasdi. Ruchka ekran bilan yuqori aniqlikda moslasha olardi, biroq uning ishlashi biroz sekin edi.

Samsung keyingi avlod Note smartfonlarida akkumulyator, S Pen va boshqa barcha jihatlarni takomillashtirdi. Mana, buning natijasida hozirga kelib Galaxy Note seriyasi smartfonlari eng ommabop flagmanlardandir.

Samsung "yiliga ikkita" an’anasiga amal qilib, yiligi ikkita flagman taqdim qiladi: yil boshida Galaxy S, yilning ikkinchi yarmida esa Note chiqaradi. Har bir smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya kattaroq smartfon chiqarishga harakat qilayotir, biroq ilk unikal ruchkaga ega fablet yagonadir, u ham bo‘lsa, Samsung Galaxy Note'dir.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!