Oukitel 16 MPli old kameraga ega Oukitel U11 Plus modelini tayyorlayapti

Oukitel 16 MPli old kameraga ega Oukitel U11 Plus modelini tayyorlayapti

Xitoyning Oukitel kompaniyasi selfi ishqibozlariga mo‘ljallangan kuchli old kamera bilan jihozlangan smartfon yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu borada kompaniyadagi manbaga tayanib, GizChina nashri xabar berdi. Oukitel U11 Plus nomli yangi modelga aniqligi 13 MP bo‘lgan old kamera o‘rnatiladi. Mazkur old kamera sensorining aniqligini dasturiy interpolyasiya yordamida 16 MPgacha oshirish mumkin. Bundan tashqari, old kameraning yoniga svetodiodli chaqnoq o‘rnatilib, u yaxshi yoritilmagan sharoitladrda ham sifatli selfi surat olishga ko‘maklashadi.

Oukitel U11 Plus modelini noyabr oyining oxirida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Unga metall ramkali korpus va yechliladigan batareya o‘rnatiladi. Tezkor xotira sig‘imi – 4 GB, doimiy xotira sig‘imi esa 32 GBni tashkil qilishi mumkin. Gadjetning asosiy kamerasining aniqligi 13 MP bo‘lishi kutilmoqda. Selfifonning narxi 200-250 dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.