Oukitel K6000 Premium smartfoni 10 yadroli chip va 6 Gbayt tezkor xotiraga ega bo‘ladi

Oukitel K6000 Premium smartfoni 10 yadroli chip va 6 Gbayt tezkor xotiraga ega bo‘ladi

Tarmoqda Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi asosida boshqariladigan kuchli Oukitel K6000 Premium smartfonining texnik xususiyatlari va tasvirlari paydo bo‘ldi.

Uskuna asosida Mediatek Helio X20 protsessori yotadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur chip o‘nta yadroga ega bo‘lib, uchta hisob blokidan tashkil topgan. Yanada samaraliroq ishlaydigan klaster o‘zida 2,5 GGs gacha chastotada ishlaydigan ikkita Cortex-A72 yadrosini birlashtiradi. Bundan tashqari, to‘rt yadroli Cortex-A53 dan iborat ikkita blok mavjud bo‘lib, ulardan biri 1,4 GGs, ikkinchisi — 2,0 GGs chastotada ishlaydi. Protsessor tarkibidan datchiklardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydigan Cortex-M4 yadro-kompanoni hamda Mali T800 turkumidagi ARM grafik kontrolleri ham o‘rin olgan.

Oukitel K6000 Premium bortida 6 Gbayt tezkor xotira va 32 Gbayt sig‘imga ega flesh-modul ham joy olgan. 128 Gbaytgacha sig‘imga ega microSD kartalari uchun ham maxsus slot ajratilishi aytilmoqda.

Sensorli AMOLED-ekran diagonali 5,5 dyuym bo‘lib, piksellar soni 1920 × 1080 nuqtani tashkil etadi (Full HD). Asosiy kamera 13 megapikselli Sony IMX258 sensori, fazaviy avtofokus ikkita yorug‘lik diodli chaqnoq bilan ta’minlangan. Foydalanuvchi shaxsini aniqlash uchun barmoq izini aniqlaydigan daktiloskopik sensorga ham ega.

Yangi mahsulot nafaqat elektron “masalliq”lari, balki akkumulyatorining sig‘imi bilan ham faxrlana oladi — 6000 mA·soat. Uskuna narxi to‘g‘risida hozircha oshkor qilingani yo‘q.