OUKITEL quvvati rekord darajada uzoq vaqtga yetuvchi smartfon chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  2544
  •  17.11.2017 17:25

OUKITEL quvvati rekord darajada uzoq vaqtga yetuvchi smartfon chiqardi (+video)

Xitoyning OUKITEL kompaniyasi o‘zining yangi – K8000 smartfonini taqdim etdi. Uning o‘ziga xosligi nafaqat sig‘imdor akkumulyatorida, balki uning quvvatini oqilona sarflashida ham, deb yozadi AndroidInsider nashri.

Garchi K8000 modelining batareyasi sig‘imi katta bo‘lsa-da, rekord darajada emas – 8 000 mA/soatni tashkil etadi. Biroq, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, quvvatining uzoq muddatga yetishi bo‘yicha u hatto 10 000 mA/soatlik akkumulyatorga ega K10000 Pro modelini ham ortda qoldiradi.

O‘QING: Akkumulyator borasida «qirol» smartfon savdoga chiqdi

Keling, OUKITEL K8000’ning xususiyatlarini aks ettiruvchi videolavhaga nazar solaylik:

Xullasi kalom, K8000 devaysi diagonali 5,5 dyuymlik Samsung AMOLED HD-displeyi bilan jihozlangan. Uning korpusi yaxlit alyuminiy bo‘lagidan tayyorlangan. Yuqori sifatli materiallar ishlatilganligi sababli, smartfon juda nozik ko‘rinadi. Korpusning orqa panelidan o‘rin olgan asosiy kamera 16 va 2 megapikselli ikkita ob’yektivdan iborat. Old kamera esa 8 megapikselli, keng burchakli selfilar olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera ilovasida sozlamalar bisyor, shu jumladan, suratga olish rejimlari ham bor.

Smartfonning «yuragi» sifatida sakkiz yadroli MT6750T protsessori xizmat qiladi. Uning samarador ishlashiga 4 gigabayt hajmli tezkor xotirasi yordamga keladi. Gadjetning ichki xotirasi hajmi esa 65 gigabaytga teng.

O‘QING: «O‘ldirib bo‘lmas» smartfonni yarim narxiga olasizmi? (+video)

OUKITEL K8000 smartfonining asosiy xususiyatlari:

  • Protsessor: MT6750T Cortex A53 1.5GHz, ARM Mali-T860 MP2 680MHZ
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat
  • Ekran: 5,5 dyuymlik HD AMOLED LCD, Asahi dDragontrail, 720x1080
  • Ranglari: moviy, qora, tillarang
  • Video yozish sifati: 1080P
  • SIM-karta: 2 ta nano-SIM yoki 1 nano-SIM + 1 SD
  • USB port: Micro USB
  • Audio: 3,5 mm
  • WLAN: 802.11 a/b/g/n/
  • Bluetooth: 4.2
  • O‘lchamlari: 156x77,8x10,7 mm, 232,8 g
  • Batareya: 8000 mA/soat, 9V/2A

Xabarga ko‘ra, mazkur smartfonga oldindan buyurtma berish noyabrning oxirida boshlanadi. OUKITEL K8000’ning chakana savdodagi rasmiy narxi 229,99 dollarni tashkil etadi, ammo avvaldan buyurtma beruvchilar uchun chegirmalar bo‘ladi. Bu borada batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali OUKITEL rasmiy saytida ko‘rish mumkin.

O‘QING: Smartfon xaridida e’tibordan chetda qoladigan muhim funksiya

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.