Oukitel U22 — jahonning 4 kamerali smartfoni!

Oukitel U22 — jahonning 4 kamerali smartfoni!

Smartfon kameralarini rivojlantirish raqobati korpusda ularning sonini oshishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bugun qo‘sh sensorli ob’yektivlar o‘rnatish smartfon sanoatida oddiy holga aylandi. Bosh kamera bilan birga, old kameraga ham 2 ta kamera modulini o‘rnatish avj olmoqda. Bu qaysidir ma’noda, smartfon bozorda yaxshi sotilishi uchun ham qilinmoqda.

Oukitel kompaniyasi ham jahonda birinchilardan bo‘lib “4 ko‘zli” Oukitel U22 smartfonini taqdim qildi. U ham old panelida, ham orqa panelida 2 tadan kamera sensori bilan ta’minlangan. Bungacha esa Alcatel Flash mobil aloqa vositasi ana shunday jihatga egaligi bilan jahonda yagona edi.

Oukitel U22’ning selfi-kamerasi uchun 5 hamda 2 megapikselli sensor tanlangan. Bosh kamera uchun esa 8 MP hamda 2 MP sig‘imli modullar o‘rnatilgan. Shuningdek, ham old, ham orqa kameralar uchun LED-fotochaqnoq mavjud. Ishlab chiqaruvchining ma’lumot berishicha, kamera dasturiy ta’minoti sifatli suratga olish uchun foydalanuvchiga maqbul qator imkoniyatlarni taklif qiladi.

Ayni paytda Oukitel U22 smartfoni 5,5 dyuymli HD displey, boshlang‘ich darajali va 4 yadrodan iborat MT6580A protsessori, 2/16 Gb xotira (xotirani kattalashtirish mumkin) hamda 2500 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Oukitel U22 Android 7.0 Nougat operatsion boshqaruv tizimida ishlaydi. Narx-navo masalasida, uning arzon narxda sotilishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.