Oyga ikkita meteorit tushdi: kattaligi aytilmoqda

  •   Saroy
  •  1822
  •  06.08.2018 09:54

Oyga ikkita meteorit tushdi: kattaligi aytilmoqda

Yevropa koinot agentligi teleskoplari Yer sayyorasining tabiiy yo‘ldoshi  bo‘lgan Oyga 24 soat ichida ikkita meteorit tushganini qayd etdi.

Oy Yerdan farqli ularoq, atmosferaga ega emas, shu bois u meteorit zarbalaridan himoyalanmagan. ESA (Yevropa koinot agentli) 24 soatda Oy yuzasiga ketma ket ikkita meteriotning kelib urilish jarayonini kuzatdi, deb ma’lum qiladi Space.com.

Zarbalar 17 va 18 iyul kunlari sodir bo‘lgan.  Ko‘rinishiga qaraganda, Meteoritlar alfa-Kaprikornidi meteorlarning kuchli oqimi  bo‘lakchalari bo‘lgan.  Oy yuzasida, ular chaqnab ketgandek, juda yorug‘ bo‘lib ko‘rinadi (bunday chaqnashlar odatda qisqa vaqtli oy hodisasi hisoblanib, oy anomaliyasi deb ham hisoblanadi). Olimlarning ta’kidlashicha,  ob’yektlarning kattaligi gerek yong‘og‘idek keladi.

O‘QING:XXI asrning eng uzoq davom etadigan oy tutilishi

Oy yuzasidagi bunday chaqnashlar Moon Impacts Detection and Analysis System (MIDAS) dasturi doirasida kuzatib boriladi. Buning uchun  Ispaniyadagi uchta observatoriyadan foydalanilgan.  Uelvi  (Ispaniya) Universiteti astrofizigi Xose Mariya Madiyedo (Jose Maria Madiedo)ning ta’kidlashicha, mutaxassislar Oyga qancha ko‘p meteorit tushadi va ular tez-tez tushadimi degan savolga javob topib, shu asnoda bizning sayyoramizga meteoritlar tushishini oldindan qanday qilib yaxshiroq hisoblash mumkinligini bilishga urinishmoqda.  Tadqiqotchilar odatda Oyning orqa tomonidagi chaqnashlarni kuzatib borishadi, chunki bunday hodisalarni ushbu hududlarda osonroq qayd etsa bo‘ladi.

O‘QING:O‘zga sayyoraliklar: bizku ularni topa olmayapmiz, ular bizni qidiryaptimi?

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.