Oyni kimlar egallamoqchi?

  •   Saroy
  •  1623
  •  06.09.2018 10:07

Oyni kimlar egallamoqchi?

Xitoyliklar Oyga kartoshga va arabidopsis urug‘larini, hamda ipak qurti tug‘umlarini  jo‘natmoqchi.

«Oy mini-biosferasi» deb nom berilgan eksperiment 2018 yilning oxiriga rejalashtirilgan. Urug‘lar bilan tuxumlarni maxsus konteynerda Oyga «Chan’e-4» yo‘ldoshi  eltadi.  Kapalaklar is gazining manbai hisoblanadi, o‘simliklar esa ularni kerakli kislorod bilan ta’minlaydi.  Natijada, xitoyliklar ilk bor oyning ekotizimini yaratmoqchi.

Ipak qurti kapalagi

Ipak qurti kapalaklari nafaqat Oyga birinchi bo‘lib qo‘ngan muhim jonzot bo‘ladi. Qolaversa, ipak qurtlari oqsilga juda ham boy bo‘lib, astronavtlar va u yerga ko‘chib borgan jonzotlar uchun oziq-ovqat bo‘lishi ham mumkin. Shunga o‘xashash  diyeta yaqinda  «Lunniy dvorets» hududida sinovdan o‘tkazilgan edi. Tajriba davomida bir necha kishi maxsus ajratilgan kapsulada bir yil yashadi. Ular kapsulada ta’minotning yopiq tizimidan foydalanishdi.

Arabidopsis karamlar oilasidan bo‘lib o‘nchalik katta bo‘lmagan o‘simlik hisoblanadi. U o‘zining qisqa muddatli rivojlanish sikliga egaligi tufayli tanlandi. Ushbu xususiyati bilan u Oydagi eng birinchi borganlar uchun muhim vazifani o‘tashi mumkin. Kartoshka esa uglevodlarning asosiy manbaidir. Konteyner-oranjereyadagi ekotizimning rivojlanish jarayoni maxsus kameralar yordamida  kuzatib boriladi. U ushbu jarayonni tasvirga olib, «Syuesyao» yo‘ldosh-retranslyatori yordamida Yerga uzatadi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!