O‘z vaqtida 1G ham qimmat bo‘lgan!

O‘z vaqtida 1G ham qimmat bo‘lgan!

Oldidan raqam qo‘yiladigan «G» harfi inglizcha «generation» — simsiz aloqa «avlodi» tushunchasining qisqartirilgan shakli bo‘lib hisoblanadi, masalan, hozirgi davrda keng tarqalgan 4G formati barchaga ma’lum. 1970-yildan boshlab to‘rtta asosiy avlod yaratilgan edi, hozir esa beshinchi avlod­ning guvohi bo‘lamoqdamiz. Simsiz ma’lu­motlar uzatishning birinchi avlodini ishlab chiqish o‘tgan asrning 70-yillarida amalga oshirila boshlangandi, 80-yillarga keliboq uch standart: Nordic Mobile Telephone (NMT), American Mobile Phone System (AMPS) va Total Access Communication System (TACS)  dan foydalanganlar. Birinchi avlod 1G  formatida modem yordamida analogli ma’lu­motlar uzatishda o‘sha davr simsiz aloqa muammosi bo‘lgan shovqinni kamaytirish hamda to‘siqlarni bartaraf etish imkonini bergan. Mazkur kanal orqali qo‘ng‘iroqdan tashqari, boshqa hech bir axborot uzatilmagan, biroq ma’lumotlar uzatish umumiy tez­ligi taxminan 1,9 kbit/s.gacha yetgan. Telefonlar narxi ancha arzonlashgan, biroq bari­bir, oddiy xaridor uchun qimmatlik qilardi.

Картинки по запросу 1G

1990-yillarda tarmoq foydalanuvchilarining soni butun dunyo bo‘yicha 20 millionga yetgandi. U davrlarda, ayniqsa, tarmoq yetishmovchiligi muammosi mavjud edi: ma’lumotlar uzatish tezligi juda past, turli mamlakatlarda turlicha standartlardan foydalanilardi, qo‘ng‘iroqlar va qurilmalar narxi qimmat bo‘lgan.

Vaqt o‘tgan sari tarmoqning yangi avlodlari chiqarildi. Ammo talab ham shunga yarasha oshib bormoqda.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!