O‘zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

O‘zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

Ookla kompaniyasining Speedtest.net xizmati 2022-yil uchun ilk mobil internet o‘rtacha tezligi natijalarini chiqardi va unda 140 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etgan. Unga ko‘ra, yanvar oyida dunyo bo‘ylab mobil qurilmalarda yuklab olish o‘rtacha internet tezligi 29.62 Mbps, yuklash o‘rtacha tezligi esa 8.44 Mbps'ni tashkil qilgan. 

Ro‘yxatdagi mavjud 140 ta mamlakat orasida O‘zbekiston o‘rtacha mobil interneti tezligi 13.85 Mbps natija bilan 115-o‘rinda bo‘lib, bu avvalgi oyga nisbatan 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi. 

Dunyo bo‘ylab mamlakatlar o‘rtasida o‘rtacha mobil internet tezligi bo‘yicha birinchilik anchadan beri Birlashgan Arab Amirliklari 135.62 Mbps yuklab olish tezligi bilan egallab keladi. Ikkinchi o‘rinda Norvegiya (118.44 Mbps), uchinchi o‘rinni Janubiy Koreyadan o‘tib ketib 109.86 Mbps internet tezligi bilan Qatar egallagan. Eng so‘nggi 140-o‘rinda esa Yaman bo‘lib, mamlakatdagi o‘rtacha mobil internet tezligi 0.53 Mbps'ni tashkil qiladi. 

O‘QING: Yetakchi veb-brauzerlarning yangi versiyasi internetni buzib qo‘yishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!