O‘zbekiston kiber xavfsizlik bo‘yicha yirik konferensiya o‘tkaziluvchi davlatlar qatoridan joy oldi

O‘zbekiston kiber xavfsizlik bo‘yicha yirik konferensiya o‘tkaziluvchi davlatlar qatoridan joy oldi

30 may kuni Toshkent shahrida ilk marta “Axborot xavfsizligi kodi” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yil konferensiyani 5 ta davlat (23 ta shaharda) qabul qiladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi ishtirokida va ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tadbir Citizen Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya dasturi kiber xavfsizlik bo‘yicha o‘zbek va rus ekspertlarining sohaga oid eng so‘nggi trendlar muhokamasi bilan boshlanadi. “Texnologiyalar”, “Insonlar” seksiyalarida vendor va integratorlarning ichki va tashqi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi yechim va takliflari haqida so‘z boradi.

“Axborot xavfsizligi kodi” konferensiyasi 15 yildan buyun o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar va jurnalistlar ushbu link orqali ro‘yxatdan o‘tib, tadbirda bepul ishtirok etishi mumkin: https://tashkent.codeib.ru/

O‘QING: Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!