O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi brauzerdan foydalanishadi?

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi brauzerdan foydalanishadi?

Chrome brauzeri o‘zining qulayligi bilan bir necha yillardan beri eng mashhur brauzer bo‘lib kelmoqda va o‘z raqiblariga boshqa yo‘llar qoldirmasdan butun boshli bozorni egallashda davom etmoqda.

Statcounter ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida dunyo bo‘ylab kompyuter va mobil brauzerlar bozor ulushining salkam 64 foizini Google'ning Chrome brauzeri egallab turibdi ekan. Undan keyin esa faqat Apple qurilmalarida ishlaydigan Safari brauzeri butun boshli bozorning atigi 19 foizdan ortig‘ini band qilgan. Ulardan keyin esa uchinchi o‘rinda Mozilla'ning FireFox (4.29%) va to‘rtinchi o‘rinda Microsoft'ning Edge (4.23%) brauzerlari turibdi. 

Xo‘sh, O‘zbekistondachi? Mamlakatimizda 2022-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra eng ko‘p foydalaniladigan kompyuter va mobil brauzeri shubhasiz Chrome bo‘lib, u bozorning 73 foizini egallagan.

Safari yana ikkinchi o‘rinda, O‘zbekiston brauzerlar bozorining 6.84 foizini u band qilib turibdi. Samsung Internet brauzeri esa Safari'dan o‘zib ketish payida, u bozorning 6.29 fozini ushlab turibdi. Keyingi o‘rinlarda 4.31% bilan Yandex brauzeri, 4.17% bilan esa UC brauzerlari turibdi. 

O‘QING: Microsoft'ni to‘xtatib bo‘lmayapti! U Windows 12'ni chiqarmoqchi