O‘zbekistonda internet tezligi necha barobarga oshdi?

O‘zbekistonda internet tezligi necha barobarga oshdi?

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxo‘jayev raisligida vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2018 yilning I yarim yilligida axborot-kommunikatsyai texnologiyalarining rivojlanish holati, shuningdek sohaga xorijiy sarmoyalarning jalb etilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi sarhisob qilindi.

Hay’at yig‘ilishida joriy yil boshidan bugungi kunga qadar yurtimiz bo‘ylab 690 km optik tolali aloqa tarmoqlari yotqizilgani, mobil operatorlarning 1004 ta baza stansiyalari o‘rnatilgani, ularning 483 tasi 3G hamda 4G LTE texnologiyasida xizmat ko‘rsatishi qayd etildi. Ayni kunda yurtimiz bo‘ylab 24,5 ming km optik tolali aloqa tarmoqlari o‘tkazilgan, jami 20,994 ta baza stansiya o‘rnatilgan.

Xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi sekundiga 140,034 Gbit.ga yetgan, ya’ni, 2018 yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 1 Mbit/s uchun 244985 so‘mni tashkil qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!