O‘zbekistonda investitsiya portali ishga tushdi

O‘zbekistonda investitsiya portali ishga tushdi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston investitsion portalini ishlab chiqdi. Portalda investorlar uchun O‘zbekistonning investitsion salohiyati, iqtisodiyot sohalari, erkin va kichik iqtisodiy zonalar, imtiyoz va preferensiyalar haqidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.  Bu haqda «Gazeta.uz» ma’lum qildi.

Portalga investitsion takliflar, xorijiy kompaniyalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tadbirlar jadvali e’lon qilinishi mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda startaplar sotiladigan bozor yaratilmoqda!

Ma’lum bo‘lishicha, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi portal yordamida kunu tun investitsion faoliyat ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishi, boshqa soat mintaqalaridagi tadbirkorlardan kelib tushishi mumkin bo‘lgan savollarga javob qaytarishi mumkin.

Yer olish uchun portalda onlayn ariza berish imkoniyati joriy etilishi mumkin. Arizalarga javoblar onlayn taqdim etilishi kutilmoqda.

Portalda ma’lumotlar sakkizta: o‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, turk, koreys va xitoy tillarida taqdim etilgan. Uni ishlab chiqishda Xitoy, Singapur, Finlyandiya va boshqa mamlakatlardagi 37 ta investitsiya portali tajribasi o‘rganib chiqilganligi ta’kidlanmoqda.

O‘QING:  O‘zbekistonda bepul startap-akseleratorlar tashkil etilishi arafasida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!