O‘zbekistonda kibertovlamachilar qo‘lga tushdi. Ular plastik kartalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan

  •   Saroy
  •  2898
  •  14.06.2018 18:23

O‘zbekistonda kibertovlamachilar qo‘lga tushdi. Ular plastik kartalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan

Podrobno.uz saytining Respublika yagona protsessing markazi ma’lumotiga tayanib bergan xabarida aytilishicha, Sirdaryo viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi, virusli ilovani ishlab chiqqan va uni Play Market’ga joylagan. Yuklab olingandan keyin foydalanuvchilar ilovani ochadi va 10 ming so‘m to‘lamasa telefoni bloklanashi haqida ogohlantirish oladi.

Foydalanuvchi pul to‘lagandan keyin unga shubhali raqam bilan xabar keladi. Jinoyatchining telefonga va   Telegram’ga kirishi uchun shuning o‘zi yetadi. Shundan keyin, u Click-bot orqali telefonga ulangan plastik kartadan barcha pullarni yechib oladi.  Yaxshiyamki kiberjinoyatchi va uning hamtovoqlari tezda aniqlandi va qo‘lga olindi.

 Click-bot bilan pul o‘g‘irlash plastik kartalardan pul o‘g‘irlashning yagona usuli emas. Turli maqsadlarda yordam tariqasida pul yig‘ish bo‘yicha xayriya aksiyalari ham kiberjinoyatchilarning nishoniga aylanishi mumkin.

«Ijtimoiy tarmoqlarning birida bemor bolaning davolanishiga yordam berish uchun pul yig‘ish bo‘yicha aksiya uyushtirilgandi. E’lon qilingan postda istalgan miqdordagi pul mablag‘ini tashlash mumkin bo‘lgan kartaning rekvizitlari keltirilgan. Tovlamachi Oson mobil ilovasidan foydalanib kartaning ma’lumotlarini ilovaga chiqaradi va karta egasiga qo‘ng‘iroq qilib, pul o‘tkazganini aytgan. O‘tkazmani tasdiqlash uchun  karta egasining telefoniga kelgan kodni aytishni iltimos qilgan», deyiladi markaz xabarida.

Zarur kodni olgandan keyin jinoyatchi pul yig‘iladigan kartani osonlik bilan o‘zining ilovasiga biriktirib qo‘yadi. Yig‘ilgan pulni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuradi. Tekshirishlardan keyin jinoyatchi aniqlanib, jazosini olgan.

Markaz ma’lumotlarida aytilishicha, bu kabi kiberhujumlarni juda qisqa vaqtda aniqlash mumkin. Bank yoki huquqtartibot organlaridan shu kabi so‘rov kelsa bizning markazimiz hujumga uchragan plastik kartada amalga oshirilgan bank   operatsiyalari haqida  tegishli ma’lumotlarni beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!