O‘zbekistonda o‘rmonchilik xo‘jaliklari dronlardan foydalanishi mumkin

O‘zbekistonda o‘rmonchilik xo‘jaliklari dronlardan foydalanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. 
 
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
 
Loyihaga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani, shu jumladan dronlar bilan ishlash tizimini amaliyotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining axborot xizmatini amalga oshirish, shu jumladan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tizimli monitoring qilish “O‘rmontexnoservis”ning asosiy vazifalari sifatida taklif etilmoqda.
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!