O'zbekistonda qaysi ilovalar eng ko'p yuklab olinmoqda?

O'zbekistonda qaysi ilovalar eng ko'p yuklab olinmoqda?

Joriy yilning may oyi holatiga ko'ra, O'zbekistonda Google'ning Play Store va Apple'ning App Store ilovalar do'konidan umumiy eng ko'p ijtimoiy tarmoqlar ilovalari yuklab olingan va ular top o'ntalikning birinchi yarmini ketma-ket egallashgan. Yuklab olishlar bo'yicha Instagram eng birinchi turgan bo'lsa, undan keyingi o'rinni Snapchat egallagan. Ijtimoiy tarmoqlar xabarlashish uchun unchalik qulay bo'lmasligi mumkin va shuning uchun ham WhatsApp va Telegram messenjerlar mos ravishda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni band qilishgan. Garchi O'zbekistonda bloklangan bo'lsa ham TikTok ilovasi ikkala ilovalar do'konidan ham ko'p marotaba yuklab olingan va u reytingning top beshligini yakunlab beradi.

Top o'nlikning ikkinchi yarmi Anorbank bankining mobil ilovasi bilan boshlanadi. "ko'p funksiyali Telegram", Plus messenjeri esa reytingning yettinchi o'rnini egallagan. Shuningdek, bir telefondan boshqasi oson va tezkor ma'lumotlar ulashish imkonini beradigan SHAREit mobil ilovasi ham ro'yxatning sakkizinchi o'rnini egallashgan muvaffaqa bo'lgan. Ro'yxatda nafaqat funksiyali ilovalar, balki, bitta bo'lsa ham Drive Multi-Level Car Parking nomli o'yin ilovasi mavjud bo'lib, u may oyi reytingiga yangi qo'shilgan. Reytingning eng so'nggi o'rnini CLICK Evolution to'lov tizimi ilovasi egallagan.

O'QING: O'zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.