O‘zbekistonda talab yuqori 5 ta Huawei smartfoni: jihat va narx-navo

O‘zbekistonda talab yuqori 5 ta Huawei smartfoni: jihat va narx-navo

Jahonning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei smartfonlari O‘zbekistonda ham yaxshi ommalashgan. Biz yurtimiz smartfon bozorida brendning yaxshi sotilayotgan modellarini o‘rganib ko‘rdik. Quyida ularni e’tiboringizga havola qilamiz.

Huawei Honor 8

Huawei Honor 8’ning korpusi metall va shisha uyg‘unligida ishlab chiqarilgan. Smartfon 5,2 dyuymli FullHD-displeyga ega. Honor 8 gadjeti samaradorligi uchun 8 yadroli, 2,3 GGs chastota tezligida ishlaydigan Kirin 950 protsessori mas’ul hisoblanadi. Mobil telefonning tezkor xotirasining sig‘imi 3 yoki 4 GBni tashkil qiladi. Smartfondagi doimiy ichki xotira 32 hamda 64 GB miqdordagi ma’lumotni sig‘dira oladi.

Honor 8’ning quvvat ta’minoti  3 000 mA·soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatorga bog‘liq. Quvvat toshi tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Smartfonning bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lib,  12 Mp sig‘imli suratlar olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Selfi-s’yomka uchun telefonga 8 MP sig‘imli old kamera o‘rnatilgan.

Huawei Honor 8 yurtimiz smartfon bozorlarida 2,7 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Huawei P9 lite

5,2 Huawei P9 lite Full HD sig‘imli sifatli displey bilan jihozlangan. Smartfon metall korpusga ega. Modelga kompaniya tomonidan maxsus ishlab chiqilgan, biroq o‘rtacha, sakkiz yadroli  Kirin 650 protsessori o‘rnatilgan.  Qurilma bir tekisda ishlaydi. Operativ xotira hajmi – 2 GB. Bunday xotira sig‘imi kundalik amallar uchun yetarli. Doimiy xotira sig‘imi – 16 GB.

Huawei P9 lite modelida o‘rta darajadagi o‘yinlarni o‘ynash mumkin, protsessor multitasking va murakkab ilovalar ishini ham yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kameraning aniqligi -13 MP. Old kameraning aniqligi – 8 MP. Smartfon elektr toki sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi. Grafika, video, internet, kamera va boshqa zaruriy funksiyalardan o‘rta ko‘p foydalansangiz, apparat ertalabdan kechgacha sizga xizmat qila oladi. 

Huawei P9 lite yurtimiz bozorlarida 1,9 mln so‘mdan sotilmoqda.

Huawei GR3

Korpusi to‘liq alyuminiy qotishmasi metallidan tayyorlangan Huawei GR3’ning 5 dyuymli, IPS-matritsali displeyi HD sig‘imli. Huawei GR3 smartfoni 64 bit, 8 ta Cortex-A53 yadrosiga ega MediaTek MT6735Tchipseti bilan ta’minlangan. Uning chastota tezligi 1,5 GGs. Smartfondagi grafik-tasvir uchun Mali-T720 videokartasi va WorldMode LTE-modemi mas’ul.

Huawei GR3’ning tezkor xotirasi 2 gigabayt, doimiy xotirasi 16 gigabayt. microSD qo‘shimcha xotira fleshkasi orqali xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin. Huawei GR3 kamerafon sifatida yomon emas. 13 megapikselli bosh kamera fotochaqnoqqa ega. Smartfon old kamerasi 5 megapikselli.

Uning akkumulyator sig‘imi 2200 mA soat. O‘rtacha foydalanganda bu unga 1 kun davomida ishlashi uchun kifoya qiladi.

Huawei GR3 yurtimiz bozorlarida 1,3 mln so‘mdan sotilmoqda.

Huawei GR5 2017

Huawei GR5 (2017) — metall korpusli smartfon, 5.5 dyuymli Full HD displey, 64 bit tezlikda ishlaydigan 8 yadroli protsessor, 3 GB tezkor xotira va 32 GB doimiy ichki xotiraga ega, bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli hamda barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan deyarli flagman darajasidagi mobil aloqa vositasi. Huawei GR5 zavoddan Android 6.0 operatsion tizimining o‘zlashtirilgan Huawei EMUI 4.1 talqinida chiqqan.

Yangi talqinda Qualcomm Snapdragon o‘rniga yap-yangi va nisbatan ilg‘or bo‘lgan HiSilicon Kirin 655 protsessori o‘rnatilgan.

Smartfonning o‘ziga xos jihatlari qatoriga uning bosh kamerasi 2 ta ob’yektiv ko‘rinishia ishlab chiqilganini aytish mumkin: 12 hamda 2 MPli modullar tarkibi 6 turdagi optik linza va fazali avtofokus priborlaridan tarkib topgan.

Huawei GR5 akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3340 mA soat. Bu quvvat bilan HD sig‘imli videolarni smartfonda 8 soatcha tomosha qilish, 5 soat zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash mumkin.

Huawei GR5 (2017) yurtimiz smartfon bozorlarida 1,7 mln so‘mdan sotilmoqda.

Huawei P8 Lite (2017)

5 dyuymli Huawei P8 Lite smartfoni FullHD sig‘imli. Ekran Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan. Devaysda sakkiz yadroli Kirin 655 protsessori o‘rnatilgan. Uning tezkor xotirasi 3 GB, doimiy ichki xotira 16 GB. Shuningdek, microSD bo‘lmachasi orqali xotirani 256 GB.gacha oshirish mumkin.

Huawei P8 Lite 12 MP bosh kameraga ega. Uning suratlariga yuqori baho yuerilgan. Smartfondagi selfi kamera sig‘imi 8 MP.

Huawei P8 lite akkumulyatori 3000 mA soat hajmdagi quvvat sig‘imiga ega. Smartfon Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei P8 Lite (2017) yurtimiz smartfon bozorlarida 1,7 mln so‘mdan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!