O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali smartfonlar va ularning narxlari

  •   DiMaX
  •  30066
  •  29.11.2018 14:42

O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali smartfonlar va ularning narxlari

Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun smartfonning kamera imkoniyatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotir. Shuni hisobga olib, yurtimizda sotilayotgan, qo‘shaloq kameraga ega bo‘lgan hamyonbop smartfonlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tmoqdamiz. Ulardan ayrimlarining narxlariga o‘rnatilgan havola orqali o‘tib, Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish imkoni ham bor.

MDC Grand Pro – 1/8 GB

Joriy yilning avgust oyida taqdim etilgan Grand Pro smartfoniga 1.3 GGs takt chastotasida ishlovchi, 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Smartfon korpusi plastikdan ishlangan, u 5.5 dyuymli HD displey bilan jihozlangan. Tezkor xotirasi 1 gigabayt, doimiy xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega. Uning asosiy kamerasi 8 + 0.3 megapiksellik qo‘sh sensorga, old kamerasi esa 5 megapiksellik modulga ega. Ushbu mahsulot juft kamera va romsiz ekranli qimmatbaho bo‘lmagan hamda barcha kundalik vazifalarni bajara oladigan smartfon ishqibozlari uchun ajoyib taklif. Batareyasining tok sig‘imi 3000 mA/soat.

MDC Grand Pro smartfonining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 629 000 so‘m.

MDC Prime Lite – 2/16 GB

Joriy yil boshida taqdim etilgan ushbu qurilma 1.3 GGs takt chastotasida ishlovchi 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessoriga tayanadi. Korpusi metall va shishadan ishlangan. Smartfon 5.2 dyuymli HD displey bilan jihozlangan. Tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 2 va 16 gigabayt. MDC Prime Lite asosiy kamerasi 13 + 0.3 megapiksellik qo‘sh datchik, old kamerasi esa 8 megapiksellik ob’yektivga ega. Old kamera smartfonning pastki qismida, noodatiy tarzda joylashtirilgan. Ishonch bilan aytish mumkinki, taklif etilayotgan narxga butunlay arziydi. Batareyasining sig‘imi 2750 mA/soat.

MDC Prime Lite qurilmasining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 799 000 so‘m.

Meizu M6 Note – 4/16 GB

2017 yilning avgust oyida Xitoyda Meizu M6 Note arzon modelining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu qurilma Meizu kompaniyasining Snapdragon protsessorida ishlaydigan ikkinchi smartfonidir. Meizu M6 Note metall korpus, qo‘sh kamera, 5.5 dyuymli Full HD displey va Qualcomm Snapdragon 625 chipseti bilan jihozlangan. Uning asosiy kamerasi 12 + 5 megapiksellik qo‘sh sensor, old kamerasi esa 16 megapiksellik modulga ega. Batareyasining sig‘imi 4000 mA/s.

Meizu M6 Note modelining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 1 399 000 so‘m.

Huawei P Smart – 3/32 GB

Ushbu smartfon O‘zbekiston bozoriga yetib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q – u joriy yilning mart oyi oxirlari va aprel oyining boshlarida sotuvga chiqdi. Smartfon 8 yadroli HiSilicon Kirin 659 protsessorida ishlaydi. Metall korpusli Huawei P Smart diagonaliga 5,65 dyuymlik Full HD+ displey bilan jihozlangan. Operativ xotirasi 3 Gb. Uning asosiy kamerasi 13 + 2 megapiksellik qo‘sh ob’yektiv, old kamerasi esa 8 megapiksellik datchikka ega. Kamera orqali yuzni aniqlash, geo-joylashuv, imo-ishoralar orqali tasvirga olish, avtofokus xamda barmoq bilan fokusni tanlash, HDR, panorama funksiyalari bor. Batareyasining sig‘imi 3000 mA/s.

Huawei P Smart qurilmasining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 1 369 000 so‘m.

Xiaomi Redmi Note 5 – 3/32 GB

Joriy yilning fevral oyida taqdim etilgan ushbu modelga maksimal ish samaradorligini ta’minlovchi 8 yadroli Snapdragon protsessori o‘rnatilgan. Smartfonning korpus materiali alyuminiy va plastikdan ishlangan. 5.99 dyuymlik Full HD+ displeyga ega. Uning asosiy kamerasi 12 + 5 megapiksellik juft sensor, old kamerasi esa 13 megapiksellik yakka modulga ega. Qurilma Beautify nomli o‘ziga xos funksiyaga ega bo‘lib, selfilarning toni va formasini o‘zgartirish orqali suratni go‘zal va jozibador qilish imkoniyatini beradi. Batareyasining sig‘imi 4000 mA/soat.

Xiaomi Redmi Note 5 smartfonining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 1 259 000 so‘m.

Xiaomi Mi A1 – 4/64 GB

Xiaomi 2017 yilning 5 sentyabrida taqdim etgan Mi A1 modeliga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 protsessorini o‘rnatgan. Korpusi alyuminiydan ishlangan. Qurilma 5.5 dyuymli Full HD displey bilan jihozlangan. Asosiy kamerasi 12 + 12 megapiksellik juft modul, old kamerasi esa 5 megapiksellik datchikka ega. Qurilma ancha ziyrak ishlabgina qolmay, ko‘rinishi xam salobatli. Batareyasining sig‘imi 3080 mA/soat.

Xiaomi Mi A1 devaysining O‘zbekistonda taklif etilayotgan narxi – 1 512 000 so‘m.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!