O‘zbekistondagi «trollar fabrikasi»ning dovrug‘i Oksford universitetigacha yetib bordi!

  •   DiMaX
  •  2972
  •  27.09.2019 18:22

O‘zbekistondagi «trollar fabrikasi»ning dovrug‘i Oksford universitetigacha yetib bordi!

Oksford universiteti va Oksford internet instituti tadqiqotchilarining ijtimoiy tarmoqlardagi manipulyasiya tahlillari yig‘ilgan hisoboti taqdim etildi. Hisobotda O‘zbekiston to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tilgan, deb yozadi Togri.uz nashri.

O‘QING: Sukerberg: "O‘zbekiston rossiyalik trollar nishonida bo‘lgan"

Xo‘sh, nimalar deyilibdi o‘zi?

Hisobotda O‘zbekistonga doir keltirib o‘tilgan eng muhim faktlar quyidagilardan iboratdir:

  • O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqdagi jamoat fikrini boshqarish uchun trollar hujumidan foydalanishadi (qo‘shni Tojikistonda ham trolling, ham messejni kuchaytirish strategiyalaridan, Qozog‘istonda esa dezinformatsiyadan faol foydalaniladi);
  • Manipulyasiyada botlar emas, haqiqiy odamlar va o‘g‘irlangan (xak qilingan) akkauntlar ishlatiladi;

  • O‘zbekistonlik «trollar» asosan bosim o‘tkazish, qo‘rqitib qo‘yish va fikr bildirishni bo‘g‘ish bilan shug‘ullanadi;

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Trolling bilan kimlar shug‘ullanadi?

Mamlakatda trolling va kibermanipulyasiyaga o‘rta darajada e’tibor beriladi;

  • O‘zbek «trollari» muntazam tarzda ishlaydi (misol uchun, Qozog‘iston «trollari» vaqtincha loyihalarda ishga solinadi);
  • Hisobotda o‘zbekistonlik «trollar»ning salohiyati ma’lum qilinmagan. Qirg‘izistondagi manipulyasiya jamoasi a’zolari soni 50ga yaqinligi, ularga har bir loyiha uchun 2000 dollar berilishi qayd etilgan.
Xira ko‘k rang davlat tashkiloti, nodavlat tashkilot va inflyuenserlar guruhi soni bittaligini bildiradi
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi manipulyasiya bilan O‘zbekistonda bir davlat tashkiloti, bir nodavlat tashkilot va inflyuenserlar guruhi shug‘ullanadi.

Aytish kerakki, O‘zbekistonda turli tashkilotlar va kompaniyalarning, hatto universitetlarning o‘z «trollari» mavjud. Bloger Nurbek Alimovning iddaosicha, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalariga ijtimoiy tarmoqlarda islohotlar va davlat siyosatiga nisbatan pozitiv kayfiyat shakllantirish uchun 200 – 800 dollar atrofida pul ham va’da qilingan.

O‘QING: Blogerlar o‘z postlariga qoldirilayotgan izohlar uchun ham javob beradi!