"O‘zbektelekom" internet tezligini oshirib, xizmatlarni arzonlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, 22 avgust kuni vazirlikning kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda soha oldida turgan ustuvor vazifalar qatorida, birinchi masala sifatida xalqaro reytinglar asosida mamlakatning telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish choralari muhokama qilingan.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, quyidagi vazifalar belgilab olingan:

- qisqa muddatda aloqa bilan yetib bormagan hududlarni, shuningdek aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘laydigan magistral avtomobil yo‘llari va temiryo‘llarni mobil aloqa bilan qamrab olish;    

- simli keng polosali internet abonentlariga IP texnologiyasi asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini oshirish;

- respublika miqyosida telefoniya xizmatlari uchun yagona tarif xizmatlarini joriy qilish, shuningdek yangidan qurilayotgan va kapital ta’mirdan chiqarilayotgan ishlab chiqarish va turar-joy binolarini loyihalashtirish hamda qurilish jarayonida ularni telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini hisobga olish choralarini ko‘rish;

-  respublikadagi yirik aholi punktlarining 4G hamda Wi-Fi tarmoqlari qamrovini kengaytirishni tezlashtirish;  

Bu borada "O‘zbektelekom" kompaniyasiga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha tezlikni oshirishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu bilan birga keng polosali portlar sonini 1,5 mln donaga ko‘paytirish, Xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanligini kengaytirish hamda internet-xizmatlari narxlarini arzonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!