«O‘zMobayl» tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘alar beryapti

  •   DiMaX
  •  5258
  •  15.04.2020 14:48

«O‘zMobayl» tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘alar beryapti

2015 yil 15 aprel kuni UZTELECOM milliy operatori tomonidan GSM mobil aloqa standarti tarmog‘i ishga tushirildi. UZMOBILE GSM faoliyatining ilk kunlaridanoq Kompaniya o‘z oldiga sifatli, ishonchli, eng asosiysi – butun mamlakat aholisi uchun arzon aloqani taqdim etishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan edi va bu maqsadga yetishish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘QING: «Tungi internet» yanada arzonlashdi – naq 31 maygacha!

O‘zining 5 yilligi kuni, butun dunyo boshidan kechirayotgan og‘ir vaziyatni hisobga olgan holda, UZTELECOM o‘z abonentlariga 30 kun davomida foydalanishlari uchun mumkin bo‘lgan megabayt, daqiqalar va SMS to‘plamlarini sovg‘a qilmoqda!

Bunda siz o‘zingizga keragini tanlashingiz kifoya!

Bugungi kunda «O‘zMobayl» (Uzmobile) filiali deyarli 11000 ta baza stansiyasiga ega va ular mamlakatimiz aholisining 90% dan ortig‘ini sifatli mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlamoqda. Ayni vaqtda mobil aloqa sifatini yanada yaxshilash, GSM tarmog‘ini kengaytirish va mobil internet tezligini oshirishga qaratilgan faol texnik ishlar olib borilmoqda. Kompaniya 2020 yilda 536 ta yangi tayanch stansiya ob’yektlarini qurishni va 2 099 ta ob’yektini UMTS/LTE standartlarigacha modernizatsiyalashni rejalashtirmoqda. Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali «O‘zbektelekom» saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!