P10 Lite: Huawei'ning o‘rta narxli "imzosi"

P10 Lite: Huawei'ning o‘rta narxli

Kirish 

Xitoylik taniqli telekommunikatsiya ishlab chiqaruvchisining 2017 yil boshidagi P10 flagmani taqdimotidan so‘ng, ko‘p o‘tmasdan uning o‘rta narxli bir necha talqinlari ham sotuvga chiqarildi. Buning sababi oddiy – imkon qadar bozorni egallab olish.

Huawei kompaniyasi Huawei P10 lite smartfonini joriy yilning mart oyida Buyuk Britaniyada namoyish qildi. Huawei P10 hamda Huawei P10 Plus flagmanlarining “hamyonbop” talqini bo‘lgan "Lite" turkumining Huawei P10 hamda P10 Plus’dan bosh farqi – qo‘sh ob’yektivli kameralarning yo‘qligi. Uning 12 megapikselli bosh va 8 MP old moduli ham “akalari”nikidan farqli ravishda Leica firmasiga tegishli emas. Bu smartfonlar yonma-yon tursa, ularni ajratish qiyin.

Ikkinchi muhim farqi – protsessor. Sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 685 protsessor samaradorlikda yuqori talqinga o‘rnatilgan Kirin 960’dan sal-pal orqada. Shuningdek, Huawei P10 Lite orqa paneli shisha bo‘lsa, Huawei P10 va P10 Plus’niki metalldan tayyorlangan. Huawei P10 Lite’ning ekran diagonali Huawei P10’ga qaraganda 0,1 dyuymga kattaroq. 

Bejirim dizayn

Huawei smartfonlar dizayniga o‘zgacha munosabatda bo‘ladi. Bir qarashda ishlab chiqaruvchi Huawei P10 Lite'da ziqnalik qilmaganini anglash mumkin. Korpus pishiqligi va materiallarning sifatliligi, yaxshi yig‘ilgani bilan smartfon tashqi ko‘rinish raqiblardan ajralib turadi.

Huawei P10 Lite dizayni jahonning eng qimmat flagmanlarining ko‘rinishi bilan bellasha oladi. Alyuminiy korpusdagi shakldorlik, shisha uloqlarning nafis jozibadorligi va  2,5D shaklidagi qayrilma shisha jozibadorligida Huawei'ga xos uslubga guvoh bo‘lish mumkin.

Huawei mobil telefonlari foydalanuvchilari kompaniya korpus shakldorligiga alohida e’tibor qaratishini yaxshi bilishadi. Huawei P10 Lite ham bundan mustasno emas.

Barcha boshqaruv elementlari puxta o‘ylab, so‘ng joylashtirilgan. Korpusning qiyalama yonlari devaysdan foydalanishda qulaylik yaratadi.

O‘chirib-yoqish tugmasi korpusning o‘ng tomonida, ovozni boshqarish tugmasi bilan yonma-yon joylashgan.

Sensor klavishlar o‘rniga ekran oxirida virtual klavishlar joriy qilingan. Barmoq izlari skaneri esa orqa panel markazidan o‘rin egallagan. Odatdagiday, orqa panel chap tomon burchagida bosh kamera moduli kuchli diodli fotochaqnoq bor.

Smartfon tomida 3,5 mm.li naushnik hamda quyi qismida microUSB portlari mavjud.

Korpus ixcham o‘lchami bilan kaftda qulay joylashadi. Huawei P10 lite o‘lchamlari: 146,5 x 72 x 7,2 mm, vazni — 142 gramm. 

Ekran imkoniyatlari

Huawei P10 Lite'ning diagonali 5,2 dyuymli ekraniga o‘rnatilgan displey matritsasi IPS texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan va yuqori darajali yorqinligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekran rangni tabiiy ranglarda uzatishi bilan ham o‘ziga xos.

Ranglar o‘rtasidagi chuqur qarama-qarshilik, tasvirning ekranning barcha yerida bir xil aks etishi foydalanuvchini xursand qiladi. Darvoqe, ekran piksel sig‘imi – Full HD (1920x1080 pikselli). Har dyuymda 424 belgi. Bu esa diagonali 5,2 dyuym bo‘lgan ekran uchun keragidan ortiq qulaylik degani.

Huawei P10 Lite ekranida tasvirning aks etishi rangdor va yorqin. Yuqori yorqinlik bois, quyosh ostida ham matnni o‘qish mumkin.

Kompaniya bu modelda displey yonlaridagi qora hoshiyani qisqartirishga harakat qilgan.

Platforma va samaradorlik 

Huawei P10 Lite kompaniyaning 8 yadroli, chastota tezligi 2,35 GGs bo‘lgan HiSilicon Kirin 658 protsessorida faoliyat ko‘rsatadi. Videochip uchun esa yetarlicha ilg‘or Mali-T830MP2 tanlangan. Smartfonda 3 Gb "operativ" hamda 32 Gb (talqinidan kelib chiqib 4/64 Gb ham bo‘lishi mumkin) doimiy xotira o‘rnatilgan. microSD bo‘lmachasi yordamida xotirani 256 Gb.gacha oshirish mumkin.

2017 yilda biror smartfonning turli benchmark va testlardagi natijalarini avvaldan bilib, shunga ko‘ra xarid qilish urfga aylandi. Testlarda smartfon P9, Mate 8, Meizu MX6 kabi telefonlardan bir ozgina orqada.

Biroq, qo‘rqmay aytish mumkinki, Huawei P10 Lite samaradorligi -- yaxshi. Unda standart ilovalarni ham, grafik-tasvirga boy ilovalarni ham qiynalmay ochish va ulardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, video namoyishida ham biror nosozlik yoki qotib qolishlar, foydalanuvchini g‘ashini keltiruvchi jihatlar kuzatilmaydi. Smartfon video-kartasi 4K sig‘imli videolarni ham qiynalmay qayta ishlab, namoyish qiladi.

Filmlarni smartfon xotirasida yoki internet orqali Youtube, shuningdek boshqa tarmoqlarda ham to‘g‘ridanto‘g‘ri ko‘rsa bo‘ladi.

Ovoz sifati – yuqori. Huawei audio-video texnologiyasiga alohida diqqat qiladi. Shu bois, melomanlar smartfon dinamiklari uzatayotgan tovushdagi bas va yuqori chastotalarga boy ovozdan huzur qilishadi.

Android 7.0 Nougat'ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqini funksiyalarga boy va foydalanuvchiga o‘ziga zarur qulaylik yaratib olish imkonini beradi. 

Akkumulyator imkoniyatlari

P10 Lite akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3000 mA soat. Korpus nihoyatda yupqa bo‘lgani bois, batareya ham shunga muvofiq kichikroq bo‘lishi tabiiy.

P10 Lite bu quvvat bilan 9 --11 soat ishlaydi. Smartfondan bir ish kuni davomida bemalol foydalanish mumkin.

Shu bilan birga, undagi «Smart Power-Saving 5.0» quvvatni tejaydigan funksiya hamda tezkor quvvat olish funksiyalari xaridor uchun chinakam bonus bo‘lgan. Agar quvvatni tejash funksiyasi yoqilsa, undan 2 kun foydalanish mumkin. Shuningdek, smartfon 30 mintu ichida quvvatini 40 foizga to‘ldiradi.

Qolaversa, akkumulyatorda quvvatlash uskunasidan o‘tayogan tok oqimini avtomatik ravishda muvofiqlashtirish funksiyasi mavjud. Bu esa quvvat olayotgan vaqtda smartfon akkumulyatorining qizib ketishini oldini oladi. shuningdek, bu texnologiya akkumulyatordan uzog‘roq vaqt foydalanishga ham xizmat qiladi.

Kamera imkoniyatlari

P10 Lite apparati bosh kamerasi yagona modulli va unga 12 megapikselli sensor o‘rnatilgan. Bosh kamera OIS, ya’ni suratni optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega emas. Uning diafragmasi f/2,2 hajmli. Bosh kamera "portret rejimi"da fazali fokuslash funksiyasidan foydalanadi.

Selfi-kamera uchun 8 megapikselli sensor tanlangan. Videokonferensiya jarayonida ham old kameraning yuqori imkoniyatlariga guvoh bo‘lish mumkin.

Yorug‘lik yaxshi sharoitda kameralarning surat olish imkoniyatlari ortadi. Bosh kamera soniyasiga 30 kadrli Full HD sig‘imli tasvir oladi.

To‘g‘ri, sifat borasida uni P10 bilan solishtirish xato. Flagman "og‘asi"dan bir ozgina orqada bo‘lsa ham, P10 Lite olgan suratlar o‘zi tengi smartfonlarnikidan ancha yaxshi.

Quyidagi suratlarda bunga guvoh bo‘ling.

O‘ziga xos jihatlari 

Huawei P10 Lite mobil aloqa vositasining imkoniyatlari Huawei tomonidan Android 7.0 asosida ishlab chiqarilgan EMUI 5.0 dasturiy ta’minot vositasi bilan bog‘liq. U shunchaki qulay interfeysdan maqbul animatsiyalar va qo‘shimcha funksiyalari bilan farq qiladi.

Xususan, apparat imo-ishoralarni tushunadi. Firmaning «Knuckle Sense» texnologiyasi yordamida smartfon foydalanuvchisi skrinshotlar olishi, videos’yomkani namoyish qilish va boshqalar bilan fayllar almashish mumkin. Va, bularning barchasini bir yoki 2 ta barmoq bilan ko‘rsatilgan ishoralarda qilish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni xush ko‘ruvchilar uchun ishlab chiqaruvchi maxsus «AppTwin» funksiyasini ishlab chiqqan. Uning mohiyati shundaki. foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida muayyan tarmoqdagi 2 ta profilidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Misol uchun, foydalanuvchi bir vaqtda ham shaxsiy, ham kasbiy profilidan foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, smartfondagi Wi-Fi Bridge funksiyasi yordamida telefondan bir vaqtning o‘zida 4 tagacha qurilmaga Wi-Fi signalini uzatish mumkin.

 Raqiblari 

Huawei P10 Lite 19 martdan Yevropada 369 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqarilgan edi. Ayni paytda bu telefon yurtimiz smartfon bozorida 275 dollardan sotilmoqda.

Uning ashaddiy raqibalir ham yo‘q emas. Jumladan, hamyonbop va kuchli smartfonlari bilan nom qozongan Xiaomi kompaniyasi Huawei P10 Lite'ning narxi evaziga undan bir oz kuchliroq Mi 5 smartfonini taklif qiladi.

Shuningdek, yurtimiza bozorlarida 175 AQSh dollaridan sotilayotgan Redmi Note 4X ham ba’zi jihatlari bilan raqobatga kirisha oladi. Xususan, 5,5 dyuymli displey, 4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira, 4100 mA soat sig‘imli akkumulyator. Biroq, kamerofon sifatida P10 Lite'ga raqib bo‘la olmaydi.

5,1 dyuymli, 3 GB «operativka», 32 GB doimiy xotiraga ega ZTE Blade V8 ham uning raqibi.

Samsung Galaxy A3 (2017)'ning ekran sig‘imi pastroq bo‘lsa ham, AMOLED texnologiyasida tasvir uzatishi bilan o‘ziga xos.

Nokia 6 ham 5,5 dyuymli Full HD ekrani, 4 GB va 32 GB xotiralari, 3000 mA soat akkumulyatori va 16 Mp kamerasi bilan bozorda P10 Lite bilan raqobat qiladi. 

Xulosa 

Huawei P10 Lite "ixcham" smartfonlarning yorqin vakili. So‘nggi vaqtlarda u o‘rta narxli devayslar orasida yaxshi sotilatgani bilan diqqatga tushgan. Ixcham dizayn va zamonaviy jihatlarni o‘zida jamlagan iPhone SE kabi, 5,2 dyuymli qulay o‘lchamli va ilg‘or jihatli Huawei P10 Lite ham yaxshi sotilmoqda.

Huawei P10 Lite bejirim gadjet ixlosmandlari uchun mos smartfon. Arzon bo‘lsa ham, flagmanday hashamdor, yaxshi ishlab, yaxshi tasvir namoyish qiluvchi, yaxshi suratga oluvchi mobil aloqa vositasi xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun Huawei P10 Lite – eng yaxshi variant!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2.7 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!