Panasonic kontrast darajasi 1000 000: 1 bo‘lgan IPS displeyni yaratdi

Panasonic kontrast darajasi 1000 000: 1 bo‘lgan IPS displeyni yaratdi

Panasonic tarkibidagi Liquid Crystal Display Co. kompaniyasi IPS (In-Plane Switching) texnologiyasi asosida kontrast darajasi 1000 000: 1 bo‘lgan displeyni ixtiro qildi, deb yozmoqda 3D News sayti.

Yorug‘lik modulyasiyasiga mo‘ljallangan o‘ziga xos yacheykalar qatlami yordamida ushbu yangi texnologiyadagi disleyni yaratishga muvaffaq bo‘lingan. Ular har bitta pikselni alohida ravishda kuchli yorug‘lik bilan ta’minlashga imkoniyat beradi. Natijada tasvirning sifati bir necha baravarga oshadi.

panas3

Olimlarning qayd etishicha, mazkur texnologiya ekran kontrastligini an’anaviy suyuq kristalli displeylarga qaraganda 600 marta oshirishga yordam berar ekan. Panel maksimal yorug‘lik darajasida ham (1000 kd/m2) barqaror ishlashi mumkin.

Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangach, ushbu panellarni 2017 yilnin boshida sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.